Men – O‘zbekiston fuqarosiman!

Bu yil 16 yoshga to‘ldim va qonunda ko‘rsatilgan tartibda fuqarolik pasporti olish uchun kerakli hujjatlarni shahar Ichki ishlar bo‘limiga topshirdim. Hech qanday muammo va to‘siqlarsiz, qisqa fursat ichida pasportni qo‘limga oldim.

Qiziquvchanlik bilan pasportni ko‘zdan kechirar ekanman, uning sifati, dizayni va qulay ekanligiga amin bo‘ldim. Har tomonlama mukammal bo‘lgan shaxsiy hujjatimning so‘nggi sahifasida “Pasport O‘zbekiston Respublikasi mulkidir. Ushbu pasportning egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir”, degan jumlalarga ko‘zim tushdi. O‘qib chiqdim-u yuragim allanechuk g‘urur va ishonch tuyg‘ulariga to‘ldi. Qayerda bo‘lmay, men – ona Vatan himoyasidaman. O‘z navbatida bu huquqiy hujjat menga katta mas’uliyat yuklashini ham his qildim. Axir, davlatimiz o‘qib-o‘rganishimiz, kasb-kor egallashimiz, iste’dodimizni namoyon qilishga imkoniyatlar yaratib, bizga yuksak ishonch bilan fuqarolik pasportini topshirgan ekan, biz ham yurtimizning gullab-yashnashi, rivojlanishi, jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini mustahkamlanishi uchun bor bilim va salohiyatimiz, kuch-quvvatimizni sarflashimiz darkor.

Men – O‘zbekiston fuqarosiman! Bu so‘zlarni baralla aytish baxtiga musharraf bo‘lganimdan boshim osmonda. Dunyoda bo‘layotgan taloto‘plar, fitna-yu vayronagarchiliklar oqibatida millionlab insonlar o‘z Vatanlarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda. Ular qatorida tengdoshlarimizning borligi, yanada achinarli. Bu insonlarning na pasporti, na himoya qiluvchi yurti bor. Ular o‘zga yurtlarda musibat chekib, qiyinchilikda yashab kelmoqda. Bir burda non ilinjida boshini har devorga urib, azob chekmoqda. Yana qancha yoshlar o‘z davlatida ham halovat ko‘rmay yashamoqda. Bir sokin tun qiymati ular uchun oltin tog‘idan aziz.

Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, Prezidentimizning oqilona siyosati, xalqimizning mehnatkashligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi tufayli O‘zbekiston rivojlanib bormoqda. Davlatimiz har bir fuqarosini o‘zining mustahkam himoyasiga olishga qodir. Shu tufayli xalqimiz tunlari sokin uyquga ketib, tongda shukronalik tuyg‘usi bilan uyg‘onishadi. Eng muhimi fuqarolarimiz osoyishtalikda hayot kechirmoqda. Ana shunday ulkan sharoitlar poydevori bo‘lgan fuqarolik pasportini ko‘z qorachig‘imizday asraylik! Zero, u davlat mulki va bizning qonuniy himoyachimizdir.

Otabek BAKIROV,

Angren shahridagi 27-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Iqtidorga munosib e’tibor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: