Namanganda “elektron poliklinika”lar ish boshladi

Namangan viloyati markazidagi barcha oilaviy poliklinikalarda “Elektron poliklinika”lar faoliyat ko‘rsata boshladi.

Soha faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish imkonini beradigan mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “O‘zmedinfo” markazi va Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Namangan shahridagi 13 poliklinikada joriy etildi. Ular zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlandi va lokal tarmoqqa ulandi.

“Elektron poliklinika” tizimi aholiga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Bemor nafaqat o‘zi yashaydigan joydagi poliklinika, balki mamlakatimizning qaysi shahri yoki viloyatida bo‘lmasin, tibbiy xizmatga ehtiyoj sezsa, o‘sha hududdagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qilishi mumkin. Muayyan fuqaroning tibbiy kartasi yurtimizdagi barcha oilaviy poliklinikalar kompyuterlarida ko‘rinadi.

Shifokorlar qabuli chog‘idagi tashxis ma’lumotlari esa avtomatik ravishda hisobotlar bazasida qayd etib boriladi. Yana bir muhim jihat shuki, “Elektron poliklinika”ga kelib tushgan murojaat yoki shikoyat tahlili shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyati reyting natijalarini adolatli baholashda g‘oyat qo‘l keladi.

Yana o‘qing:  Tanbeh

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: