“Ijtimoiy tadbirkorlik va NNT: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya
Poytaxtimizdagi “Miran International” mehmonxonasida “Ijtimoiy tadbirkorlik va NNT: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada ijtimoiy tadbirkorlik, unda O‘zbekiston tajribasi va Fransiya, Turkiya, Germaniya, Avstriya kabi rivojlangan davlatlaridagi amaliyot tahlil etildi, soha rivoji bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiyaning biz uchun ahamiyatli jixati unda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab quvvatlash Fondi tomonidan joriy etilgan grant sovrindorlari ham taqdirlandi.
Jumladan, grant dasturida “Tomorqa daromad manbai” loyihasi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston Yosh fermerlari Kengashi 5 000 000 so‘mlik grant sovrindori bo‘ldi. Grant sertifikati Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning Qozog‘iston va O‘zbekiston bo‘yicha mintaqaviy direktori Xenriyette Kifer va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bosh maslaxatchisi Yurgen Bekker tomonidan konferensiyada ishtirok etgan Kengash mutaxassisiga topshirildi. Shuningdek. Respublika Yosh fermerlari Kengashi grant sovrindori sifatida Sharq Telekom kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bir oylik bepul internet xizmatlaridan foydalanish huquqiga ham ega bo‘ldi.
X.HUSENOVA