Iqtidorli o‘quvchilar festivali

Yurtimizda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samara berayotir. Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan “Bolalarning texnik ijodkorligi” festivali buning yaqqol dalilidir.

Tanlov O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi hamda Fan va texnologiyalar agentligi hamkorligida o‘tkazildi.

Mazkur festival o‘quvchilar o‘rtasida fan va texnikani rivojlantirish, texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etish hamda o‘quvchilar o‘rtasida texnik ijodkorlikni shakllantirishga xizmat qildi.

Bugun mamlakatimizdagi 211 “Barkamol avlod” bolalar markazida ekologiya va o‘lkashunoslik, badiiy va texnik ijodiyot yo‘nalishida qariyb 60 turdagi to‘garak tashkil etilgan. Bu to‘garaklarda o‘quvchilar mustaqil ravishda radiotexnika, elektronika, robototexnika sirlarini, liboslar dizayni, yog‘ochda naqsh o‘yish, kulolchilik, pazandachilik va boshqa hunarlarni o‘rganmoqda.

Mashg‘ulotlarda faol qatnashayotgan o‘g‘il-qizlar 1,2 mingga yaqin ijodiy ishlari bilan ushbu tanlovda ishtirok etdi.

Yakunda g‘oliblar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yana o‘qing:  Biblioterapiya – mutolaa bilan salomatligingizni tiklang

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: