Vatan tuyg‘usi

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari qalbiga qanday singdiriladi?

Yakkasaroy tumanidagi “Yulduzcha” nomli 323-sonli maktabgacha ta’lim muassasiga ertalab ikki farzandimni yetaklab kirib bordim.

Ostonadan hatlagan zahotim, mamlakatimiz madhiyasi yangradi. Uni eshitib, 2 yoshli o‘g‘lim qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, to‘xtab qoldi. So‘zlarni ayta olmasa ham ohanggiga jo‘r bo‘la boshladi. To‘rt yoshli o‘g‘lim esa yugurib o‘z guruhining qatoriga qo‘shildi va qo‘li ko‘ksida qo‘shiqqa barcha qatori jo‘r bo‘ldi. Buni ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi. Bilsam, ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida badan tarbiya mashqlaridan avval Vatan madhiyasini jo‘rlikda kuylash an’anaga aylangan ekan.

Hayotbaxsh qo‘shiq kuylayotgan bolalarning maydonchasi turfa rangdagi bayroqchalar bilan bezatilgan. Muassasa hovlisiga 4-5 kishi qulochini yoysa yetmaydigan ulug‘vor chinorlar ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Ularga rang-barang tasmalar o‘rab qo‘yilgan. Beixtiyor o‘g‘lim bilan kecha bo‘lib o‘tgan suhbat yodimga tushib, ko‘nglim yanada yorishdi.

– Bu qaysi rang, so‘radim tasmalardan birini ko‘rsatib.

– “Qizil” – javob qildi u.

So‘ngra barcha tasmalarning ranglarini so‘radim. U ham bir-bir javob qaytardi. Men yana savol berib ulgurmasdan o‘g‘lim so‘zida davom etdi.

– Bu ranglarning bari O‘zbekiston bayrog‘ida bor, – dedi u. So‘ngra Behruzbek devorga osilgan plakatdagi davlatimiz bayrog‘ini ko‘rsatib, bu ranglarning mohiyatini bijillab tushuntira ketdi.

– Maktabgacha ta’lim muassasamizda O‘zbekiston bayrog‘i, madhiyasi, gerbi qabul qilingan sanalar, Mustaqillik kuni tantanali nishonlanadi. Shu mavzuda bolalarga she’r, qo‘shiqlar yodlatib, milliy qadriyatlarimizni singdiramiz, – deydi MTM uslubchisi Muhayyo Dadaxo‘jayeva.

Bu so‘zlarni eshitib, farzandlarimizning huquqiy ongini rivojlantirib, ongu shuuriga nur ulashayotgan tarbiyachi opalarning jonkuyarligini his qilaman.

Albatta, bu yurtimizda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligining samarasidir.

Javlon SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  Go‘zallik va shijoat bahsi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: