Nega baxtdan yig‘laymiz?

Yels universiteti tadqiqotchilari chaqaloqlar va ayollarning hissiy ta’sirga berilishlari va baxtdan ko‘z yosh to‘kishlari sababini aniqlash uchun tadqiqot olib borishdi.

Unga ko‘ra insonlar hayotda sodir bo‘layotgan baxtli damlarda quvonchdan ko‘z yosh to‘kishi va his-hayajonga juda tez berilishi aniqlandi.

Ba’zi ayollar bir yutuqqa erishgan farzandining yuzlariga qarab unsiz quvonch ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Kuchli his-hayajon yuki insonlarning ko‘z yoshiga sabab bo‘ladi. Kuchli, salbiy tuyg‘ular va ijobiy ta’sir hissi ham shular jumlasiga kiradi. Ma’lum bo‘lishicha, insonlar o‘zlarining hissiy holatini nazorat qila olishlari kerak. Chunki, bu ularning ruhiy, jismoniy salomatligi va insonlar bilan o‘zaro munosabatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

 

Dilorom ADILOVA

Yana o‘qing:  JO‘RABEKNING ILK SOVRINI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: