MO‘YQALAM VA JAJJI MUSAVVIR

Men rasm chizishga juda qiziqaman, – dey­di 22-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Lolaxon Yusupova. – Shu bois maktabdagi o‘qishimdan keyin Xorazm viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazidagi “Yosh musavvir” to‘garagiga qatnashaman. Bu yerdagi pedagoglar jamoasi biz o‘quvchilarga musavvirlik san’ati sirlarini o‘rgatadi. Tasviriy san’at turlari bilan tanishtiradilar.

To‘garagimiz rahbari Mohinur Quryozova bizga o‘z orzularimizni qog‘ozda aks ettirishga chin dildan ko‘maklashadilar. Xato va kamchiliklarimizni mehr bilan tushuntirib, muvaffaqiyatlarimizni ol­qishlaydilar. Yaqinda yurtimiz mustaqillik bayrami oldidan Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida bo‘lib o‘tgan “Yosh qalamkash” Respublika ko‘rik-tanlovida Mustaqillik bayramining 24 yilligiga bag‘ishlab chizgan rasmim bilan ishtirok etib 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Buning uchun avvalo ustozimga rahmat aytaman.

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tanlovning hudu­diy bosqichlarida ikki mingdan ziyod iste’dodli o‘g‘il-qiz qatnashdi. Tanlovning respublika bosqichida o‘ttiz nafardan ortiq yosh ijodkorning yuzdan ziyod asari na­moyish qilindi. Ular orasida xorazmlik Lolaxon Yusupovaning ham borligi va u­ning muvaffaqiyati yaqinlariga, ustozlari­ga bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Lolaxon Yusupova ijodiy ishlarida o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatini oilasi bilan birgalikda aks ettira olgan. “Tinch yurtda – farovon oila” deb nomlagan ijod mahsulida jajji qalbning yurt tinchligi uchun shukronasi yaqqol ko‘rinib turibdi. Lolaxonning ona timsolida yaratgan obrazida ona mehr-muhabbati, aks ettirilgan. Shuningdek, uning manzarali ishi – ona tabiatni, kun botishining o‘zgacha jilvakorligini mahorat ila aks ettirganini ko‘rib, qalbingiz faxr va g‘ururga to‘ladi. Kelajagi yorug‘, ijodga to‘la beg‘ubor yurak egasi Lolaxonga “balli-ey qizim, senga doim omad yor bo‘lsin!”, deging ­keladi.

Sahifani Muhabbat Xo‘jamurodova tayyorladi.

Яна ўқинг:  ЭНГ ЯХШИ ОРОМГОҲ ТАШКИЛОТЧИЛАРИ ТАҚДИРЛАНДИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: