Haqiqat
Xarsang toshlar bossin deb mangu,
Tog‘ qa’riga ko‘mdilar uni.
Vulqon bo‘lib otilibdi u-
Haqiqatning yorqin uchquni.
Girdoblar ham yutoqib tortar,
Qolmasin deb zarracha nishon.
Endi daryo tashvishi ortar,
To‘lqin bo‘lib qo‘zg‘olar chandon.
Olovlarga otdilan uni,
Dedilar: “Kul bo‘lsin to abad”
Cho‘g‘lari ham yoritib tunni,
Olov bo‘lib chiqar haqiqat.
Daydi o‘qlar tesholmas ko‘ksin,
Oyboltalar chopolmadi hech.
Aslo yengib bo‘lmaskan uni,
O‘z so‘zini aytar erta-kech.
Maftuna JAMURODOVA,
Buxoro Pedagogika kolleji o‘quvchisi