“O‘ZBEKISTON – BOLALAR NIGOHIDA”

Yaqinda gazetamiz jamoasini bir xushxabar quvontirdi va barchamizga ijodiy hamda ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan «Sog‘lom avlod» gazetasi tahririyatiga «O‘zbekiston – bolalar nigohida» haftalik sahifa hamda «Mening muassasam – mening oilam» tanlovi» nomli loyihani bajarish uchun davlat granti ajratildi.

Bundan avval ham gazetamiz ikki marotaba mazkur fond tomonidan loyiha olishga muvaffaq bo‘lgan edi. 2010 yilda «Innovatsion texnologiyalarning yosh sohiblari –2010» nomli loyihani bajarish uchun hamda 2012-yilda «Ozod yurt bolalari» klubini tashkil etish loyihasi uchun grant mablag‘lari ajratilgan edi.

«O‘zbekiston – bolalar nigohida» haftalik sahifa hamda «Mening muassasam – mening oilam» tanlovi nomli loyihaning mazmun-mohiyati «Sog‘lom bola yili» davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jumladan, ota-ona qarovisiz qolgan, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar muammolarini o‘rganish va bu haqda maqolalar tayyorlab, gazetada muntazam yoritib borishdan iboratdir. Eng asosiysi, «Mehribonlik» va «Muruvvat» uylari tarbiyalanuvchilarining yurtimiz va o‘zlari kamol topayotgan muassasa haqidagi fikrlari, bu yo‘nalishdagi muammolar – ular bilan suhbatlar hamda kichkintoylar, yoshlar ijodlaridan namunalar berib boriladi. Pirovardida, yoshlar va bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga, sog‘lom fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga, iste’dodini yo‘naltirishga, ma’naviyatini yuksaltirishga, jumladan, el-yurtga, oilaga, do‘stlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashiladi.

Zero, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari qatori ommaviy axborot vositalarining ham muhim o‘rni bor. Shu bois gazetada «O‘zbekiston – bolalar nigohida» rukni bilan sahifa tashkil etiladi. Shuningdek, jamiyatning ma’naviyati nogironlarga – imkoniyati cheklangan insonlarga bo‘lgan munosabat bilan ham belgilanadi. Shu sababli «Mehribonlik» uylaridagi va imkoniyati cheklangan bolalar muassasalaridagi shart-sharoitlar, bolalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlatimizning g‘amxo‘rligi, shuningdek, bu sohadagi muammolar qalamga olinadi va muntazam yoritib boriladi.

Loyiha yakunida maxsus tadbir uyushtirilib, o‘z iste’dodini namoyon etgan bolalar, kichkintoylar, yoshlar rag‘batlantiriladi.

Mavzuga oid maqolalarni «Sog‘lom avlod» gazetasi yil davomida chop etib boradi. Ushbu sahifa orqali mamlakatimizdagi barcha «Mehribonlik» hamda «Muruvvat» uylarini, «SOS – O‘zbekiston bolalar mahallasi»ni va imkoniyati cheklangan bolalar muassasalaridagi faoliyatni qamrab olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bolalar bilan suhbatlar, bolalar ijodidan na’munalar yoritilishi bilan birga pedagoglar bilan ham suhbatlar berib boriladi.

Яна ўқинг:  – Мен албатта жаҳон чемпиони бўламан, –

Mazkur muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida «Mening muassasam – mening oilam» tanlovi e’lon qilinadi va bolalar chizgan rasmlar, she’riy va nasriy mashqlari saralanib, gazetada chop etiladi.

Loyiha yakunida e’lon qilingan materiallar asosida eng namunali mussasa tanlab olinadi. «Eng namunali muassasa» sertifikati topshiriladi. Muassasaning gazetamizda materiallari chop etilgan bolalari rag‘batlantiriladi.

Ushbu yo‘nalishlar uyg‘unlashib bolalarning iste’dodini tarbiyalashga, sog‘lom turmush tarziga monand hayot kechirishlariga ko‘maklashadi.

Ra’no ZARIPOVA,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: