GULLAR

Bugungi yoshlarimizning intiluvchanligi, izlanuvchanligi, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, erishayotgan muvaffaqiyatlaridan diling quvonchga to‘ladi. Muhabbat Qayumjonova ham ana shunday iqtidorli yoshlardan biri. U Toshkent shahri Sergili tumanidagi 266-umumta’lim maktabining 8-sinfida a’lo baholarga o‘qishi bilan birga, o‘zining sodda, beg‘ubor ichki kechinmalarini qog‘ozga tushiradi.

Kamsuqum, nigohlarida samimiyat balqib turgan qizaloq kelajakda iqtidorli jurnalist bo‘lish istagida. Shuning uchun Muhabbat Qayumjonova hozirdanoq ingliz tilini o‘rganishga qat’iy kirishgan. Bo‘sh vaqtlarini qiziqarli kitoblarni mutolaa qilish bilan birgalikda sport bilan muntazam shug‘ullanib o‘tkazishni xush ko‘radi. Ijodkordagi sinchkovlik, kuzatuvchanlik yangi ijod namunalariga zamin hozirlaydi. Shuning uchun Muhabbat ko‘pincha atrofni, borliqni ko‘proq kuzatishga intiladi.

Endigina nashrdan chiqish tadorigida turgan «Baxt ifori», «Qaldirg‘och» nomi ostidagi she’riy to‘plamlari ham aynan yosh ijodkorning ko‘ngil rozlaridan yaralgan tuhfasi hisoblanadi.

GULLAR

Bog‘imizda pushti, nafarmon,

Qiyg‘os bo‘lib ochilgan gullar.

Ular jajji ruhimga darmon,

Ular meni baxt sari yo‘llar.

Kel-ey, ko‘nglim, chamanzor aro,

Sayr aylagin, to‘yib nafas ol.

Tongning titroq nafasi axir,

Atirgulning labidagi xol.

Qara, quyosh bir lahza to‘xtab,

Gulzor aro cho‘zayotir qo‘l.

Har kuni ham chamanzor bo‘ylab,

O‘tavermas umr otliq yo‘l.

Bog‘imizda pushti, nafarmon,

Qiyg‘os bo‘lib ochilgan gullar.

Ular jajji ruhimga darmon,

Ular meni baxt sari yo‘llar.

Muhabbat QAYuMJONOVA

Яна ўқинг:  УСТОЗЛАР МЕҲНАТИ ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: