Kamalak jilosi – jajji qalblar mehrigiyosi

Yurtimizda muntazam o‘tkazilayotgan yosh ijodkorlar ko‘rgazmalari, festivallar, ijodiy tanlovlar o‘g‘il-qizlarning tasviriy san’atga qiziqishini yanada oshirish, qobiliyat va salohiyatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilayotir. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida tashkil etilgan “Kamalak jilosi” respublika bolalar rasmlari ko‘rik-tanlovidir.

Ushbu tanlov “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va “Sen Yolg‘iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tasviriy san’at bayramining yakuniy bosqichida yurtimizning barcha hududlaridagi “Mehribonlik uylari”ning 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida g‘olib chiqqan ishtirokchilarning ikki yuzga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi.

Ayniqsa, poytaxtimizdagi 23-“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Olga Alekseeva, Jizzax viloyatidagi 29-“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Behro‘z Jumaboyev, Sirdaryo viloyati Bolalar shaharchasidan Yuriy Savin, Navoiy viloyati “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Bobosher Mavlonovning ijodiy ishlari yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.

– Ustozlarimdan rangtasvir sirlarini o‘rganmoqdaman, – deydi Jizzax viloyati 29-“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Behro‘z Jumaboyev. – Bu yerda tengdoshlarim ijodi bilan yaqindan tanishganim, meni kelgusida yanada ko‘proq izlanishga undaydi.

Ko‘rgazma davomida tezkor rasm chizish tanlovi ham tashkil etildi. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navro‘z BERDIQOBILOV

Yana o‘qing:  Moziyning bebaho merosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: