BIZ YENGAMIZ
Mustaqil Vatanimiz taraqqiyot yo‘lida dadil odimlab bormoqda. Bugun dunyoga yuz tutgan diyorimiz qo‘ynida kundan-kun chiroy ochayotgan shahar, qishloqlarimiz jamoli ko‘zni quvontiradi.
Osmono‘par binolarning qad rostlayotgani, keng va ravon yo‘llar, qadimiy va ko‘hna obidalarning qayta tiklanishi barcha-barchasida xalqimizning jo‘shqin shijoati mujassam. O‘sib kelayotgan barkamol avlodning porloq kelajagi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy maktab binolari, sport komplekslari mustaqilligimizning bizga bergan bebaho tuhfasidir. Shunday go‘zal diyor haqida to‘lib-toshib, jo‘shib yozging kelaveradi.
Hayot qancha sinoving bo‘lsa,
Chekinmaymiz aslo ortga biz.
Shu Vatanning ertasi bo‘lib,
O‘sayapmiz o‘ktam o‘g‘il-qiz.
Yaxshi kunlar hali oldinda
Chorlayotir dovonlar bari.
Ota-ona orzusi bo‘lib,
Intilamiz cho‘qqilar sari.
Mashaqqatlar tiz cho‘kib qolar,
Shiddatimiz oldida bugun.
Elu yurtga munosib bo‘lib,
Yashash asli niyatdir gulgun.
Go‘zal ERKINOVA,
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti II-bosqich talabasi