UYIMIZDAGI TOTUVLIK

Bizning oilamiz sakkiz kishidan iborat. Bobom, buvim, otam,onam ikki nafar opam va ukam bor.

Oilamiz an`analar ko‘ra har bir kishi o‘z ishini bilib-bilib bajaradi. Men qo‘y-qo‘zilarga o‘t beraman, ukam buzog‘iga parvona bo‘ladi, ikkinchi opam hovli supiradi. Katta opam esa sigir sog‘adi. Onam pishirgan shirchoyini har birimiz uchun alohida kichik kosalarga suzishga kirishadi. Har kuni ertalab dasturxon atrofida jamul-jam bo‘lib nonushta qilganimizdan so‘ng, bobomning elga qut-baraka, bizga esa omad tilab qilgan duolari bilan har birimiz o‘z yumushimizga otlanamiz. Katta opam ota-onam bilan birga dalada ishlaydi. Uydagi qolgan yumushlarini tezda o‘rinlatgan opam va onam otamning ortidan keng dala sari ravona bo‘lishadi. Ikkinchi opam men va ukam har kungiday maktabga otalanamiz. Bobojonim bog‘ ishlariga sho‘ng‘iydi, buvim esa ularning choy va nonidan xabardor bo‘ladi.

Odatimizga ko‘ra kechqurun hammamiz dasturxon atrofida yig‘ilar ekanmiz, uchta kundalik bobomning qo‘liga topshiriladi. Ular olgan baholarimizdan xursand bo‘lib yelkamizga qoqib qo‘yadi. Bobomning bir gapi menga juda yoqadi. “Kuningni behuda o‘tkazmabsan, barakalla bolam, bo‘lar bola boshidan ma`lum”, – deb maqtaganida bo‘yim bir qulochga o‘sganday bo‘ladi. Ukamniku qo‘yavering, bunday maqtov so‘zlardan so‘ng yana ham yaxshi o‘qishga intiladi. Opam bo‘lsa, kundaligini qaytib olar ekan, o‘z sha`niga aytilgan yaxshi so‘zdan sekingina jilmayib, “harakat qilayapman, bobojon”, – deb qo‘yadi. Katta opamga ham maqtov so‘zlari bor, ular kichikligidayoq dadamga ergashib, dalaga chiqqani bois ekinlar parvarishini yaxshi biladi. Shu bois ham hovlimiz etagidagi kuzgi sabzi, sholg‘om, karamlarning jo‘yaklarida biron dona begona o‘t ko‘rmaysiz.

Otamning mehnatsevarligi, onamning pishirgan shirin taomlarini aytib qayta-qayta alqagan buvim, nimchasi cho‘ntagidan yong‘oq olib barchamizga ulashadi. Kattalarning ruxsati bilan dasturxon atrofidan turib dars tayyorlashga kirishamiz.

Bugun ustozimiz tinchlik mavzusida bayon yozishimizni tayinlagan. Sekin opamga maslahat solaman. Ular bo‘lsa tinchlik uyimizda-ku, ukajon, ko‘rmayapsanmi, – deydilar baralla.

Ko‘zimni yumib o‘yga tolaman. So‘ngra o‘z-o‘zimga deyman, ha-ya opamning gaplari rost, tinchlik bobomning duolarida, buvimning yaxshi bolam, deya alqashlarida, qo‘y-qo‘zilarning har tong ma`rashi-yu, buzoqchamning dikоnglab yugurishida. Tong chog‘i quyoshboboning jilmayib turishi, oqshom chog‘i esa yulduzlarning oy atrofidagi jilvasida, uyimiz yonidagi ariqchadan shildirab oqayotgan suv, shoxlarini tirgovuch sari egib, mevalarini ko‘z-ko‘z etayotgan bir tup anorda ekan tinchlik. Daftar sari egilib shosha-pisha so‘zlarni yozishga kirishaman. Yozayotgan jumlalarimni bir tekisda chiroyli bo‘lishiga harakat qilaman. O‘zimcha xursand bo‘laman. Axir tinchlik so‘zini quvonmasdan yozib bo‘lmaydi-da. Oilamizni esa yanayam yaxshi ko‘rib ketaman. Yozayotgan bayonimni yashasin tinchlik, bor bo‘lsin oilamiz, deya yakunladim.

Яна ўқинг:  KELAJAKKA BO`Y CHO`ZGAN YOSHLAR

Dostonbek SAIDOV,

O‘zDJTU qoshidagi ­3 akademik litsey I bosqich o‘quvchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: