Qo‘shma korxonada trening sinfi

Kuni kecha Bektemir tumanida «O‘ztekstilsanoat» Assotsiatsiyasi va Shveysariya metalni qayta ishlash «SkillSoniks» kompaniyasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — O‘zbekistonda ilk marotaba ishga tushirilgan O‘zbekiston — Shveysariya qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan OAV xodimlarini yaqindan tanishtirish, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash jarayonida o‘qitishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan va yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan qo‘shma korxonada birinchi ishimiz ishlab chiqarish jarayonlarida metalni qayta ishlash, eritish, quyish, bo‘yash, quritish, nazorat qilish va qadoqlash kabi bosqichlar bilan tanishish bilan boshlandi.

Chunki bu jarayonda texnika vositalari avtomatlashtirilgan bo‘lsada, mutaxassis va muhandislar hamda mexaniklar ushbu zamonaviy texnika vositalari bilan ishlashda o‘ta ehtiyotkorlikka, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ishlab chiqarishda ish unumdorligi, ishga munosabat hamda sifat va samradorlikning ta’minlanishida katta ahamiyatga ega.

— Kompaniyamizning Shveysariyada, Hindistonda, Koreya va Xitoy davlatlarida trening-markazlari bo‘lib, darslar uchta tilda olib boriladi, — deydi «SkillSoniks» kompaniyasi rahbari, Shveysariyalik mutaxassis Anders  Kuchel. — O‘zbekistondagi zavod qoshida ham trening-markazi tashkil etilib, faoliyatini yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan. Auditoriyaning kengayishiga qarab darslarning o‘zbek tilida olib borilishini ham ta’minlaymiz. Bu faqat samaradorlikning oshishiga, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va O‘zbekistonda zavod-fabrikalarimizning ko‘payishiga xizmat qiladi.

Trening doirasida zavod ishchi-xodimlarining malakasi oshirilib, asosiy va yordamchi uskunalarda texnik ishlarni bajarish, jarayonlarni kuzatishdagi bilimlar mustahkamlab boriladi. Shu yerda faoliyat yuritayotgan mexaniklar, elektriklar, texnik xizmat xodimlari, bo‘lim va smena nazoratchilari bu borada yetarli bilimga ega bo‘ladilar.

Seminar-treningning muhim tomoni, u bir qancha etapdan iborat bo‘lib, olingan bilimlar treningdan so‘ng fabrika va zavodda amaliyotda qo‘llaniladi. Modulli trening darslari izchil ishlab chiqarishni ta’minlab, samaradorlik va maxsus instruktorlar jamoasi bilan birgalikda ishlashni o‘rgatadi.

Umid qilamizki, bu hamkorlik kelajakda mamlakatimizda ko‘plab qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi, yangi ishchi o‘rinlarining yaratilishi, iqtisodiyotimizning ravnaqi va o‘zaro hamdo‘stlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi.

 

Maryam Ahmedova,

Amal Soliyeva

Yana o‘qing:  Gimnastikachilarimiz g‘alabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: