Jamg‘arma faoliyatidan (2013-40/41)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning mintaqaviy filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari hamda Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda «Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak» shiori ostida oilaviy sport musobaqalarini tashkil etdi. G‘oliblarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Xiva tumanidagi 7-, 9-, 11-sonli umumta’lim maktablarida jami 97 nafar o‘quvchilar ishtirokida «Reproduktiv salomatlik», «Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish» va «Oilaviy hayotga tayyormisiz?» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi hamda viloyat o‘smirlar dispanseri hamkorligida Navoiy shahar 15-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘smirlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘smir qizlar o‘rtasida qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni erta turmushga berishning oldini olish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil qilindi.

Sirdaryo viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Guliston tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida tuman «Mahalla» xayriya jamoat fondi bo‘limi bilan hamkorlikda ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Go‘dakdan hayot isi keladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: