Mitti kompyuter

Amerikaning “IBM” kompaniyasi ilm ahliga dunyoda eng kichik kompyuterni taqdim etdi. Uning o‘lchamlari uzunligi va eniga bir millimetrni tashkil etadi. Bo‘yi ham taxminan shuncha o‘lchamga ega.

“IBM” mutaxassislarining ma’lumotiga qaraganda yangi kompyuter o‘zining texnik imkoniyatlariga ko‘ra 1990 yillardagi protsessorlarga teng keladi. Mitti kompyuterning asosiy qismlari – bir nech yuz ming tranzistorli protsessor, SRAM operativ xotira, quyosh paneli va yorug‘lik diodli ma’lumot almashish modulidan iborat.

Ushbu qurilma qo‘riqlash tizimlaridan tortib, “aqlli” uylarni boshqarishda, aviatsiya va avtomobil texnikalarida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari kompyuterni pochta jo‘natmalari izidan nazorat qilish, mahsulotlarni o‘g‘irlash va qalbakilashtirishdan himoya qilishda qo‘llash rejalashtirilgan.

Agar ushbu kompyuterni ishlab chiqarish yaqin besh yilda yo‘lga qo‘yilsa, uning narxi 10 sentdan oshmaydi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Tejamkorlik – tadbirkorlik asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: