XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-28)
- Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va «Fitch Raiting`s» xalqaro reyting agentligi hamkorligida Prezidentimizning «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosiga bag‘ishlangan xalqaro amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
- Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pittsburg shahrida joylashgan Amerika Atrof-muhitni o‘rganish uyushmasining an’anaviy konferensiyasi doirasida Orol dengizining ekologik halokati va Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan samarali foydalanishiga bag‘ishlangan maxsus sessiya va fotosuratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
- Amerika Qo‘shma Shtatlarida zamonaviy dunyoda oilaning tutgan o‘rni va ahamiyati, an’naviy oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda ularni himoyalash mavzuiga bag‘ishlangan «The 2013 Global Family Policy Forum» xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.
- Ushbu anjuman doirasida mamlakatimizning BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining taqdimot marosimi tashkil etildi.