Prezident majlis o‘tkazdi: ta’lim va islohot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 avgust kuni umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori M.Xolmuxamedov, Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va ularning o‘rinbosarlarini qabul qildi va hisobotlarini tingladi.

Majlisda Prezidentning davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev, Bosh vazir o‘rinbosari J.Kuchkarov va Hisob palatasi raisi M.Ikromov qatnashdi. Bu haqida davlat rahbarining rasmiy sayti xabar qiladi.

Mazkur yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlariga 25 avgustiga qadar barcha ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda Investitsiya dasturiga kiritilgan ta’lim ob’yektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash, ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yana o‘qing:  Mening biznes g‘oyam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: