Ekologiya va salomatlik

Kuni kecha Toshkent davlat Agrar universitetida 17 iyun – “Butunjahon cho‘llanishga va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ekologiya fanini rivojlantirish, yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 maydagi kompleks chora-tadbirlarini bajarish yuzasidan «Ekologiya fanini rivojlantirish va atrof-muhit muhofazasi» mavzusi yuzasidan mutaxassis olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro fikrlashdilar.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.Otaboyevning «Ekologik muvozanat buzilishlarining inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy omillari» mavzuidagi ma’ruzasi barchaga manzur bo‘ldi. Ma’ruzada ta’kidlanganidek, atmosferaga tarqalayotgan zaharli moddalarning 70 foizi avtomobillardan ajralib chiqadi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalaridan chiqayotgan zaharli moddalar ham inson organizmiga, ayniqsa, reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, bu muammoga qarshi barcha birgalikda kurashmog‘i lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirda «O‘rmonchilik va ekologiya» kafedrasi professori A.Qayumov aytilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildirar ekan, ona Zaminimiz, tabiat ato etgan o‘simliklar dunyosi, atrof-muhit ozodaligini asrash shu makonda yashayotgan har bir insonning muqaddas burchi ekani, yoshlarimiz bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashlari kerakligini aytib o‘tdi.

Seminarda «Sog‘lom avlod» gazetasi katta muxbiri Muhabbat Xo‘jamurodova o‘z nashri va unda «Borliq-borlig‘im mening» rukni bilan chop etilayotgan turkum maqolalar xususida gapirib, ushbu mavzuga oid gazetalarni seminar qatnashchilariga taqdim qildi.

G.SAPAROVA,

TDAU «O‘rmonchilik va ekologiya» kafedrasi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Orasta qizlar – oila ko`rki

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: