Genomni tahrir etuvchi nanokapsulalar

Rossiya, Germaniya va angliyalik olimlar genomni tahrir etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida nanoo‘lchamdagi kremniy ikki oksidi qobig‘i bilan qoplangan polimer va gibrid mikrokapsulalardan foydalanishga qaror qildilar.

Ushbu kapsulalar avvallari bedavo hisoblangan Alsgeymer (qariyalar aqli zaifligi) va gemofiliya (irsiy qon ivimasligi xastaligi) kabi kasalliklarni davolashda qo‘l kelishi mumkin. Kapsulalar tahrir qilinayotgan hujayraga irsiy materialni xavfsiz va aniq yetkazib beradi. Shunisi muhimki, bu tarzda o‘zgartirilgan hujayralarning 90 foizi yashab ketganligini Tomsk politexnika universteti qoshidagi laboratoriya xodimi Aleksandr Timin tomonidan qayd etilgan.

Kapsulaning o‘lchami 2-2,5 mikrometrga teng. Unga irsiy material yuklanib, tahrir qilinayotgan hujayraga yetkaziladi. Uni hujayra makropinotsitoza, ya’ni nisbatan zarrachalarni egallab olish yo‘li bilan yutadi. Shunday qilib, mikrokapsula hujayra sitoplazmasiga kiradi va uning qobig‘ini asta-sekin erishi natijasida irsiy material hujayrada qoladi.

Saida ERGASHEVA,

O‘zMU talabasi

Yana o‘qing:  Noyob skaner

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: