Notarial harakatda qanday holatda shaxs muomalaga layoqatsiz deb topiladi?

Notarial harakatni amalga oshirayotgan shaxsning giyohvandlik yoki psixotrop moddalar ta’sirida ekaniga shubha tug‘ilsa, notariuslar uni muomalaga layoqatsiz deb topishadimi yoki qonunchiligimizda ushbu holat bilan bog‘liq boshqacha yechim bormi?

Nigora SALOMOVA, Navoiy viloyati


– Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qo‘yilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga ko‘ra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.

Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asos bo‘lsa-da (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangani to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topgani to‘g‘risidagi qarori bor-yo‘qligini aniqlaydi. Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim. Ta’kidlash kerakki, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs bilan ham notarius notarial harakatni amalga oshirishi mumkin, buning uchun uning homiysining roziligi talab etiladi.

Savolga Shayxontohur tumani 7-davlat notarial idorasi notariusi

Iroda MUSTAFOYEVA javob berdi.

Yana o‘qing:  Ustozga kim qo‘l ko‘taradi yoxud yana tarbiya masalasi xususida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: