Kir yuvuvchi “javon”
“P&G and Whirlpool” kompaniyasi uzoq izlanishdan so‘ng “SWASH Express Clothing Care System” nomli tez va unumli kir yuvish qurilmasini yaratdi.
U tashqi ko‘rinishdan uncha katta bo‘lmagan kiyim javonini eslatadi. Eshigi ochilib, harakatlanuvchi maxsus ilgak ichkariga qaytariladi va eshik yopiladi. Barcha kir yuvish mashinalari singari unga ham maxsus tozalash vositasi solinadi. U kichkina panel yordamida boshqariladi. Xohlovchilar bu qurilmani smartfon orqali boshqarish imkoniyatiga ham ega.