Qanday musiqani xush ko‘ramiz?

Biz bugun deyarli har daqiqada turli musiqalarni tinglaymiz. Aslida musiqa haqiqiy mo‘jizaning o‘zi! Ammo, siz qanday musiqa yoki qo‘shiqni tinglab dam olasiz? Bu savolga ko‘pchilik u qadar ahamiyat bermasligi mumkin. Ammo, kuy-qo‘shiq insonning ruhiy muvozanatini aniqlab beradi.

Har bir organizmda aks ettirish hodisasi bo‘ladi. Sizning yurak urish, nafas olish ritmingiz boshqalarnikidan farq qilishi mumkin. Shuning uchun kishilar turli musiqalarni tinglashadi. Sizga yoqqan qo‘shiq do‘stingizga manzur bo‘lmasligi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, og‘ir va sokin musiqani xush ko‘radiganlar fe’l-atvorida vazminlik kuzatiladi. Tezkor tempdagi musiqalarni shoshqaloq, quvnoq odamlar ko‘proq tinglashadi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, kishi musiqani qaysi maqsadda tinglayotgani ham o‘ta muhim. Har qanday vazmin odam ham do‘stlar davrasida quvnoq raqs tushish uchun sho‘x qo‘shiqlarni mazza qilib eshitadi. Yoki aksincha faol inson kun bo‘yi ishlab charchagani uchun kechki payt sokin musiqalarni tinglab hordiq olishi mumkin.

Musiqa bilan musiqaning farqi bor. Avvalo, siz tinglayotgan musiqa zamonaviy kompyuter vositasida yaratilganmi yoki haqiqiy musiqa asboblarda ijro etilganmi shunisiga e’tibor bering. Haqiqiy kuy-qo‘shiq kishi salomatligi va ruhiyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Psixologlarning tekshiruvlari orqali shu narsa ma’lum bo‘ldiki, biror sho‘x qo‘shiqni bir necha marotaba tinglaydigan odamni kayfiyati o‘sha vaqtda xushchaqchaq va turg‘un bo‘ladi. Aksincha, mahzun taronalarni ketma-ketlikda eshitayotgan bo‘lsa, u holda o‘sha kishi tushkun kayfiyatdan chiqa olmaganligi oshkor bo‘ladi. Atrofdagilarga xalaqit beradigan darajada baland, zarblari o‘ta tezlashgan musiqani tinglayotgan kishining ichki ruhiy holatida ziddiyat borligi aniqlangan.

Buni qarangki, umuman musiqa tinglashga ehtiyoji bo‘lmagan kishilar ham uchrab turarkan. Bunday insonlar o‘ta qobiliyatli bo‘lib, o‘z his-tuyg‘ularini oshkor etishni xohlamaydilar. Odamning yoshi ham musiqaga bo‘lgan ehtiyojni belgilab beradi. Yoshlar sho‘x qo‘shiqlarni tinglashsa, keksa yoshdagilar sokin kuylarni xush ko‘radilar. Musiqaning kishi xotirasiga ham ijobiy ta’siri bor ekan. Ko‘p musiqa tinglaydigan odam ohangni birinchi notasidanoq oxirigacha yodlab oladi. Shu tariqa kishining ham xotirasi kuchli bo‘ladi, ham estetik didi yuksaladi.

Psixolog N.NORMUHAMMEDOVA tavsiyalari asosida

N.AHmedova yozdi

Yana o‘qing:  Baxtdan masrur ko‘ngillar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: