Yangi preparat saratonga qarshi immunitet tizimini kuchaytiradi
Aksariyat o‘smalar chigal qon tomirlaridan to‘siq hosil qilish orqali organizmning immunitet tizimidan himoyalanadi. Ushbu tomirlar immunitet hujayralarining o‘smaga qarshi kurashishiga to‘sqinlik qiladi va o‘smaning rivojlanishiga yordam beradi. Medical Xpress nashri xabar berishicha, avstraliyalik olimlar bu muammoning yechimini topishdi.
Ular ishlab chiqqan yangi preparat o‘smada normal qon tomirlari va limfa tugunlariga o‘xshash tuzilishni shakllantiradi. Shu orqali immunitet tizimida ichki tomondan o‘smaga qarshi kurashish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘tkazilgan tajribalar yangi dori oshqozon osti bezlari va o‘pka saratoni muolajasining samarasini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.