Shirin kulcha
Zarur masalliqlar: 330 gr. un, 1 choy qoshiq quruq xamirturush, 0,5 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq shakar, 50 gr. o‘simlik yog‘i, 200 gr. iliq suv.
Tayyorlanishi: iliq suvga shakar, xamirturush va 150 gr. un solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin qorishmaga tuz, o‘simlik yog‘i va qolgan unni qo‘shib xamir qoriladi va (agar xamir qo‘lga yopishsa) yog‘ surtib, 5-10 daqiqa mushtlab pishitiladi. Tayyor bo‘lgan xamirning usti yopilib, 30-40 daqiqa tindiriladi. Keyin mahsulotning ustiga tuxum surtilib, sedana sepiladi va 220 S issiqlikda qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Internet materiallari asosida Dilfuza AZIMOVA tayyorladi.