Bezgakka moyillik moddalar almashinuvi holatiga bog‘liq
Lissabon tibbiyot instituti olimlari insonning bezgakka moyilligi undagi moddalar almashinuvi holatiga bog‘liq ekanini aniqladi. Moddalar almashinuvini esa tashqi omillar yordamida boshqarish mumkin. Masalan, parhez bezgak yuqishi xavfi va moddalar almashinuvi holatiga ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Olimlar sichqonlarda tajriba o‘tkazishdi. Jonivorlarning ovqatlanish ratsioni o‘zgartirildi. Mutaxassislar bezgak tufayli yuzaga kelgan infeksiya darajasini baholab bordi. Tekshiruvlardan so‘ng, parhez o‘zgarishi vaqtida oksidantlar darajasining oshishi bezgakning yengil kechishiga sabab bo‘lgani aniqlandi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.