G‘azab uyqu bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi
Ayova universiteti mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotda 436 nafar ko‘ngilli qatnashdi. Ishtirokchilar g‘azab va serjahllik haqidagi qator savollarga javob berishdi. Keyin ular g‘azabni yengish usuliga qarab guruhlarga ajratildi. Shundan so‘ng ishtirokchilarning qanday uxlashi ham tekshirib borildi, deb yozadi The Daily Mail nashri.
Tadqiqot natijasida o‘z g‘azabini nazorat qiladigan va og‘ir sharoitlarda ham o‘zini dadil tutadigan odamlar boshqalardan ko‘ra yaxshi uxlashi aniqlandi. G‘azabini boshqara olmaydigan serjahl odamlarda esa uyqu sifati past bo‘ldi.
Bunday insonlarning uxlashiga salbiy his-tuyg‘ular xalal berishi mumkin. Bundan tashqari, g‘azab yurak faoliyatini tezlashtiradi, bu o‘z navbatida uyqu jarayonini murakkablashtiradi. Oldingi tadqiqotar uyqu bilan bog‘liq muammolar g‘azabning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgandi. Uyqusi buzilgan odamlarga o‘z tuyg‘ularini boshqarish qiyinroq bo‘ladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.