AQSH elchisi: «Orol dengizi bu nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning muammosidir»

Xalqaro Press-klubning 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi anjumanida AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT minbaridan turib, Orol muammosini ko‘targani o‘rinli bo‘lganini qayd etdi. Bu haqda Kun.uz xabar beradi.

«O‘zbekiston Prezidentining BMT minbaridan turib, Orol muammosini ko‘targani xalqaro hamjamiyat uchun ahamiyatli bo‘ldi. Men o‘zim Orol dengiziga borib, u yerdagi achinarli holatni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib keldim. Orol dengizi bu nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning muammosidir», — deya qayd etdi AQSH elchisi.

Shuningdek, Spratlen xonim so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi chog‘ida O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning izchil rivojlanishi, mamlakatdagi siyosiy faollikning oshishi, inson manfaatlarining himoyasi haqida ham to‘xtalib o‘tgani muhim ahamiyat kasb etdi. AQSH O‘zbekiston bilan barcha sohalarda keng qamrovli hamkorlikka umid qiladi.

«AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida 2,5 milliard dollar qiymatidagi bir qator hujjatlarning imzolanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shadi», dedi Pamela Spratlen xonim.

Yana o‘qing:  Bokschilarimiz yorug‘ yuz bilan qaytdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: