Kecha shogird edim, bugun ustozman

Kechagina edi, maktabga chiqamiz deb quvonchlarimizdan qanot yasaganimiz. O‘quvchilikning ta’mini totish dunyoning eng huzurbaxsh ne’mati edi nazarimda.

Maktabga olgan formalarimni har kuni o‘n kiyib yechsam ham yana kiygim kelaverardi. O‘qituvchi siymosi onamdek aziz bir zot bo‘lib, ularning qarshisida bir so‘z deyishga xayolimda ham iymanib turardim. “O‘qituvchi-o‘qituvchi” o‘ynardik mahallaning bolalari bilan. Men “o‘qituvchi” bo‘lganimda oyoqlarim yerdan uzilardi go‘yo: Hamma havas qiladigan, eng shirinso‘z, hech kimga o‘xshamaydigan insonga aylanib qolgim kelardi. Shu o‘ylar bilan yillar o‘tdi. Ustozlikka – shu kasbga bo‘lgan mehrim niholdek bo‘y cho‘zdi. O‘qituvchilarim – Musharraf Fayziyeva, Zarifa Yunusovaga o‘xshashni niyat qildim. Ingliz tili fani bo‘yicha mutaxassis bo‘ldim. Ish faoliyatimni 1991 yilda boshladim. Avval maktabda, hozir kollejda yoshlarga saboq beraman. Ularning har biri aziz. Ayniqsa hamma “to‘polonchi” deydigan bolalar bilan bolamdek gaplashishga harakat qilaman. Ana shu “to‘polonchi”larning yuragida shunday mehr bo‘ladiki, bir og‘iz yaxshi so‘z bilan ular boshqa odamga aylanadi. Mana shu holat menga kuch beradi, ulardan quvvat olaman. Aslida pedagogikaning asl maqsadlari eng avvalida muomala turadi deb o‘ylayman. Mashaqqatlar ko‘pincha o‘qituvchining asablarini tarang torttiradi, ammo o‘quvchilarning “ustoz” deya senga termulgan mehrli nigohlari barcha qiyinchiliklarni zumda unittiradi. Bugun men, oilam uchun bu baxtning ta’mini totmoqlik sharafga aylangan. Farzandlarimning otasi Ravshan Xomidov 24 yildirki, men bilan yonma yon bir kollejda maxsus fandan ustozlik qiladi. O‘g‘limiz Jasur esa bu yil Parkent tumanidagi 34-maktabda ish faoliyatini boshladi. Farzanding ota-ona kasbining davomchisi bo‘lishini ko‘rish qanchalar quvonch ekanligini bilsangiz edi.

Kechagina edi, o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgandim. Bugun oilam bilan shu sharafli kasb egasi bo‘ldim. Shogirdlarim hamma sohada faol. Shifokor, bank xodimi, tadbirkor, ixtirochi va oliygoh o‘qituvchilari. Qutlug‘ kun arafasida bir iftixor tuydimki, ustoz va shogirdlarim, farzandlarimning otasi va o‘g‘lim – kasbim bilan faxrlangim keldi.

Gulchehra ShOMALIKOVA,

Parkent Agrosanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Endi, yuraging omon uradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: