O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”

Voxidova Nazokat Sharipovna — Shahrisabz tumanidagi 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Gafarova Firuza Djalalovna — Samarqand shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”

Maraximov Ikramjon Abduraximovich — Toshloq tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Shapulatov Ziyadulla Ishkulovich — Angor tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”

Akramova Diloromxon — Namangan shahridagi “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Namangan viloyati

Axunov Uktamjon — “Nuroniy” jamg‘armasining Andijon viloyati bo‘limi raisi

Kenjaboyev Mirza To‘ychiyevich (Mirzo Kenjabek) — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon

Litvinova Olga Ivanovna — Yashnobod tumanidagi 166-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

Pak Larina Mixaylovna — Zomin tumanidagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Uvatov Ubaydulla — Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Tangribergenov Xamid Erkinovich — Respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

Yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish, chuqur bilim va zamonaviy kasb-hunarga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, mustaqil fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas, iqtidorli, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Bazarova Dilorom Mamatqulovna — Jomboy tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Nurllayeva Gulchexra Atabayevna — Xiva turizm kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Eshankulova Zoya Ermanovna — Ohangaron tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdullayev Muxtor Sa’dullayevich — Yangiariq tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Abdullayeva Malika Erkinovna — Uchtepa tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Arzuova Nesibeli Jandullayevna — Nukus politexnika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ziyadullayeva Maloxat Egamberdiyevna — Baxmal tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Soatova Buvalma Umirzakovna — Mirzaobod tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Sirdaryo viloyati

Yana o‘qing:  SOG`LOM OVQATLANISH TARZIGA RIOYA QILISH UCHUN 8 MASLAHAT

Sultanova Nasiba Muxamadjanovna — Pop tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

To‘rayev Bahodirjon Qurbanovich — O‘zbekiston agrosanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Turdiyeva Zulfiya Sultanovna — Olmaliq shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Xalilova Mamlakat Kamolovna — Buxoro turizm kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Xasanova Muxtaram Urushovna — Boyovut tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

Xoljigitov Turg‘un Abdunazarovich — Bulung‘ur qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Soy Galina Timofeevna — Bo‘z tumanidagi 26-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

Chorshamiyev Xasan Omanovich — Oltinsoy tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Eshimov Baxtiyor Raxmatullayevich — Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyning kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Yusupova Xilola Jurayevna — Kasbi tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Kalimbetov Baxadir Urazxanovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi

Mo‘minova Nargizaxon Abdunazarovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Xolmuminova Moxira Toshmuratovna — Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

“Do‘stlik” ordeni bilan

Bekniyazov Rustembay Isakovich — Kegeyli tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bozorova Shoira Ramazonovna — Romitan tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Boymurodov Abdusodiq Uralovich — Zomin tumanidagi 75-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Davletjanova Oygul Kadamovna — Urganch tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Zakirova Barchinoy Tashpulatovna — Asaka pedagogika va dizayn kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Karimova Laylo Saidovna — Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Navoiy viloyati

Kirillova Yelena Nikolayevna — Urgut tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Meliboyeva Gulnoraxon Ismoilovna — Dang‘ara tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Saibova Nargul Mamaraimovna — Sho‘rchi tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati

Soliyeva Umida Tolibjanovna — Namangan tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Ten Yelena Xakesovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Xalikulov Pardaboy — Xovos tumanidagi Gulbahor qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Shibakina Lyubov Aleksandrovna — Chilonzor tumanidagi 280-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Yuldasheva Gulandom Qudratovna — Yakkabog‘ tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Yana o‘qing:  Kichkintoylar quvonchi

“Shuhrat” medali bilan

Abdiyev Rustam Ablakulovich — Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Abdiyeva Muzafara — Pastdarg‘om tumanidagi 28-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Samarqand viloyati

Abdullayev Bexzod Nigmatullayevich — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining o‘zbek xalq cholg‘ulari bo‘limi maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Abidov Miryusup Mirxaydarovich — Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent shahri

Aliyeva Dilbar Erkinovna — Yangibozor tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Asqarov Kotibxon Asrorovich — To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Astanakulova Lola Nartajiyevna — Termiz tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Axadova Dilorom Toshpo‘latovna — Shofirkon tumanidagi 55-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Axmadaliyeva Mukaramxon Shukuraliyevna — Bag‘dod tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Axmedova Zamira Shirinovna — Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Buxoro viloyati

Bairbekova Xanifa Gaibnazarovna — Guliston tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Begiboyev Mirahmad Rahmanovich — G‘allaorol tumanidagi 87-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Bozorov Yusuf Behbudovich — Jondor tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Bozorova Zamira Qosimovna — Qarshi shahridagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Valiyeva Tabasumxon Sobirovna — Izboskan tumanidagi 42-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Andijon viloyati

Yesimbetova Gulmira Abatbayevna — Xo‘jayli transport kasb-hunar kollejining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jamanqulova Feruza Esirgapovna — Ishtixon tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Juginisova Hapiza Isayevna — Qorao‘zak tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Igamov Baxtiyor Djurayevich — Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Imomova Zilola Ortiqovna — Buvayda tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Ishonqulova Farog‘at Elmurodovna — Kitob tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Karimova Shaxlo Axatovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-maxsus maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Mardiyeva Valeriya Shamilevna — O‘rta Chirchiq tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Toshkent viloyati

Matjanov Xalbay Aytimbetovich — To‘rtko‘l tumanidagi 3-bolalar musiqa va san’at maktabining qashqar rubobi sinfi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Matmuratova Tazaxan Begdullayevna — Mo‘ynoq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Matnazarova Intizor Sa’dullayevna — Bog‘ot tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Mullaboyeva Tojibar Nurmatovna — Shahrixon tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Yana o‘qing:  Maktabda matbuot kuni

Mo‘minov Mashad Alamanovich — Koson tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabining mehnat ta’limi fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Musurmonov Sunatulla Mamatqulovich — Sharof Rashidov tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Muxtorova Ra’no Mo‘minjonovna — Piskent tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Nazarova Irodaxon Zayniddinovna — Oltiariq tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Nishonov Shuxratjon Xoldaraliyevich — Mingbuloq tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Nuriddinova Marxabo Sobirovna — Uychi tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Otayeva Maxfurat Muzafarovna — G‘ijduvon tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Pulatova Zulfiya Rasulovna — Karmana tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Raximova Gavxar Ismoilovna — Namangan shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Rizayeva Shoxista Abdushukurovna — Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Ro‘ziyeva Gavxar Valijonovna — Sayxunobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Saparniyazov Abay Saburovich — Nukus shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sarvarov Xusniddin Anvarovich — Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent shahri

Sattorov Olimjon Nazarovich — Qumqo‘rg‘on neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Tadjibayev Abduvoxid Mamasidiqovich — Farg‘ona shahridagi Qirguli elektrotexnika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Umarov G‘ulom — Zangiota tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi, Toshkent viloyati

Utaganov Xusan Arzimuratovich — Payariq maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Fayzullayeva Bahriniso Ne’matillayevna — Denov tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Xamrayeva Feruza Sobitovna — Shayxontohur tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Xodjayev Maxmud Abdukalikovich — Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

Xusanov Nuriddin Raxmataliyevich — Baliqchi tumanidagi 38-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Hayitov Usmon Nomozovich — Dehqonobod tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Shakasimova Surayyo Gapirdjanovna — Olmazor tumanidagi 185-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Shukurova Ra’no Baxodirovna — Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Yakusheva Olesya Vladimirovna — Bekobod shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Yan Igor Moiseevich — Farg‘ona shahridagi 40-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017 yil 27 sentyabr

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: