Homilador bo‘lolmasligim vazniimga bog‘liqmi?

— To‘rt yildan buyon farzandga zormiz. Turmush o‘rtog‘im bilan barcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tib bo‘ldik, xalqona usullar ham qolmadi, ammo natijasi bo‘lmayapti. Yaqinda tana vaznining reproduktiv tizim faoliyatiga ta’siri haqida eshitib qoldim, ehtimol, mendagi muammo shudir? Vaznim 75 kilogramm, bo‘ychanman, avvaldan nozik qiz emasdim. Homilador bo‘lolmayotganimga tana vaznining ta’siri bormi?

Nilufar BO‘STONOVA, ginekolog:

— Semizlik organizmda moddalar almashinuvining buzilishi sabab yuzaga keladigan jarayondir. Ayrim holatlarda tana vaznining me’yordan ortiqligi farzand ko‘rishga monelik qiluvchi omillardan biri sifatida qayd etiladi. Biroq shunda ham to‘lalik bilan birga endokrin tizim faoliyatidagi o‘zgarishlar mavjud bo‘lsagina, ushbu tashxisga yuzlanish mumkin. Sizning vaziyatingizda ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q, tibbiy ko‘rik xulosalari jiddiy muammoni ko‘rsatmagan bo‘lsa, yaxshi niyat bilan farzandli bo‘lishingizga ishoning.

Manba: zamin.uz

Yana o‘qing:  O‘smirlarda nega buyrak to‘satdan «qurib qoladi»?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: