8-14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi shaxmat festivali bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 8-14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Bolalar shaxmat festivalining to‘rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yetti turdan iborat musobaqaning sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Jahongir Komilov 6,5 ochko to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Humoyun Sodiqov 5,5 ochko bilan ikkinchi, Javohir Bozorov 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Shu yoshdagi qizlar musobaqasida Habiba Abdumo‘minova 4 ochko bilan oltin, Mubina Abdulqosimova 3,5 ochko bilan kumush, Farzona G‘ofurova 3 ochko bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

O‘n yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Omiljon Karimov 6,5 ochko bilan g‘olib chiqdi.

Saidkarimbek Hotamov 6 ochko bilan ikkinchi, Chingiz G‘ofurov 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni zabt etdi. Qizlar o‘rtasida Mumtozbegim Mansurova, Sharifaxon Ismoiljonova va Marhabo Namozova sovrinli o‘rinlarni egalladi.

O‘n ikki va o‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il-qizlar musobaqasida Mirazizbek Ergashev, Fozilxon Buzrukxo‘jayev, Sohibjon Elmurodov, Jo‘rabek Ibodullayev, Sirojiddin Mahamatov, Dovud Sulaymonov, Maftuna Xolmamatova, Dilnoz Turdimurodova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Musobaqada birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan shaxmatchilar shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Bolalar shaxmat festivalining yarim final bahslarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Kollej va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi o‘quvchilar bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: