Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining

Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda

Ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi

qonun hujjatlari

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi

Ushbu Qonun bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni o‘z ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan axborot mahsulotining aylanishi sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi.

4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

axborot mahsuloti – O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun mo‘ljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagiaudiovizual mahsulot, dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot, kompyuter o‘yinlari, shuningdek tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;

axborot mahsulotining aylanishi – axborot mahsulotini taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna bo‘yicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish;

axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi – axborot mahsulotini uning mavzusini, janrini, mazmunini va badiiy bezagini, muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotni qabul qilish xususiyatlarini, uning tarkibidagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimolini inobatga olgan holda, bolalarning yosh toifalari bo‘yicha taqsimlash;

axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi – axborot mahsulotining yoshga oid toifasining grafik va (yoki) matnli belgisi;

bolalar – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan(voyaga yetmagan) shaxslar;

bolalarning sog‘lig‘i – bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomlik holati;

bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot – bolalar o‘rtasida tarqatilishi ushbu Qonunga muvofiq taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;

ekspert – axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va ekspert xulosasini berish yoki axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxs.

5-modda. Bolalarni ularning sog‘lig‘igazarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va texnikaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;

bolalar ongiga g‘ayriqonuniy axborot-ruhiy ta’sir ko‘rsatilishining, ularga hiyla ishlatilishining, bolalarni g‘ayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti tarqatilishining oldini olish, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, jismoniy va yuridik shaxslarningbolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash mezonlari, mexanizmlari va uslublarini ishlab chiqish hamdatakomillashtirish, bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-apparat va texnika vositalarini joriy etish.

2-bob. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga

oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi

organlar va tashkilotlar

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;

axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlarini va tartibini belgilaydi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi;

axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlarning hamkorligini ta’minlaydi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

7-modda. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi

organlar va tashkilotlar tizimi

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga quyidagilar kiradi:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi;

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari;

ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;

davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar va tashkilotlar bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.

8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining bolalarni

ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan

himoya qilish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maxsus vakolatli davlat organi o‘z vakolatlari doirasida:

Yana o‘qing:  NAFOSAT GULSHANIN MIRZOSI

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga hamda axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligini yoki mavjud emasligini, axborot mahsulotining bolalarning muayyan yosh toifasiga muvofiqligini yoki muvofiq emasligini aniqlash maqsadida uni ekspertizadan o‘tkazishga jalb etiladigan ekspertlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiradi va ularning reestrini yuritadi;

axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablaribuzilganligi hollarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatmalar yuboradi;

axborot mahsulotiga ekspert xulosalarini taqdim etishga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga uslubiy yordam beradi va ko‘maklashadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi mahalliy hamda xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

bolalar uchun axborot makonining mazmunini tizimli ravishda baholashga qaratilgan ilmiy, ilmiy-texnikaviy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantiradi;

bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash mezonlari, mexanizmlari hamda uslublarini takomillashtirishga doir ishlarni yuritadi, bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-apparat va texnika vositalarini joriy etishni tashkil etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida ma’rifiy va axborot-tushuntirish tadbirlarini tashkil etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

9-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika

idoralararo komissiyasining va voyaga yetmaganlar

ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)

idoralararo komissiyalarining bolalarni ularning

sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish

sohasidagi vakolatlari

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari o‘z vakolatlari doirasida:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

bolalarning har tomonlama, barkamol rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga ko‘maklashuvchi axborotdan erkin foydalanishuchun ularga sharoitlar yaratadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

11-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish

organlarining va ta’lim muassasalarining

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari o‘z vakolatlari doirasida:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan dasturlar va uslublarni ishlab chiqadi hamda ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy etadi;

ta’lim, o‘quv-tarbiya muassasalarida bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish maqsadida ularning ta’lim olish, bilim orttirish va muloqot faoliyati jarayonida bolalarga psixologik yordam ko‘rsatadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;

bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;

ta’lim muassasalarida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olmagan axborot resurslaridan foydalanishni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

12-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish

organlarining va sog‘liqni saqlash muassasalarining

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Yana o‘qing:  MURUVVAT KARVONI

sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan jabrlangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

axborot mahsulotini unda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotmavjudligini aniqlash uchun baholash mezonlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

13-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilishni ta’minlashdagi

ishtiroki

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

14-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining bolalarni

ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan

himoya qilishni ta’minlashdagi ishtiroki

Nodavlat notijorat tashkilotlari:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqishi va maxsus vakolatli davlat organiga takliflar kiritishi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

15-modda. Ommaviy axborot vositalarining bolalarni

ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan

himoya qilishni ta’minlashdagi ishtiroki

Ommaviy axborot vositalari:

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

3-bob. Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni

tasniflash hamda axborot mahsulotining yoshga oid

tasnifi

16-modda. Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotni tasniflash

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot jumlasiga bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti, shuningdek muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti kiradi.

Bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti jumlasiga:

bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan;

bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;

odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;

oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;

g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;

jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;

uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;

pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;

g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, shu jumladan bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uningota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari, bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.

Muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti jumlasiga:

shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;

bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatniva (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;

erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni tasvirlashyoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;

uyatli so‘zlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli so‘zlarni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.

17-modda. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan ekspertlarni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi ekspertni yoki ekspertlarni jalb etgan holda belgilangan taqdirda, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bog‘liq xizmatlarning haqini to‘lash va xarajatlarning o‘rnini qoplash ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotiniishlab chiqaruvchilaryoki tarqatuvchilar hisobidan amalga oshiriladi.

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “0+” yozuvini aks ettirishi kerak);

yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “7+” yozuvini aks ettirishi kerak);

Yana o‘qing:  Keksalik saodati

o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “12+” yozuvini aks ettirishi kerak);

o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “16+” yozuvini aks ettirishi kerak);

bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “18+” yozuvini aks ettirishi kerak).

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda:

uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;

muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;

undagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu mahsulotga axborot mahsuloti yoshga oid tasnifiningtegishli belgisini joylashtirishuchun asos bo‘ladi.

4-bob. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish ta’minlanishini inobatga

olgan holda axborot mahsulotining aylanishiga

qo‘yiladigan talablar

18-modda. Axborot mahsulotining aylanishiga

doir umumiy talablar

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarga, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot aylanishining shart-sharoitlari buzilganligi holati aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi hollarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatmalar yuboriladi.

19-modda. Axborot mahsuloti aylanishining xususiyatlari

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan bolalarni himoya qilishni ta’minlashning ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarini, dasturiy-apparat va texnika vositalarini qo‘llamay turib, ushbu axborotning jamoat joylarida aylanishigayo‘l qo‘yilmaydi.

Jamoat joylarida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan bosma mahsulot tarzidagi axborot mahsulotinifaqat yopiq o‘rovlarda tarqatishga yo‘l qo‘yiladi.

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim, bolalar tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya-sport muassasalarida, bolalarning madaniyat, dam olish va sog‘lomlashtirish tashkilotlarida tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotini tomoshabop tadbir orqali namoyish etishda bevosita tomoshabop tadbir boshlanishidan oldin ushbu tadbirda tegishli yosh toifalaridagi bolalarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida yoki ishtirok etishi cheklanishi to‘g‘risida ovozli xabar e’lon qilinadi.

Bolalarning o‘z yosh toifasiga mos kelmaydigan axborot mahsuloti namoyish etiladigan tomoshabop tadbirlarni tashkil etishda va o‘tkazishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

5-bob. Axborot mahsulotining ekspertizasi va uning

huquqiy oqibatlari

20-modda. Axborot mahsulotining ekspertizasi

Axborot mahsulotining unda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, uning ushbu Qonunning 16 va 17-moddalariga muvofiq bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining qaroriga ko‘ra ekspert yoki ekspertlar tomonidan o‘tkaziladi.

Akkreditatsiya qilingan ekspertlarning reestridagi ma’lumotlardan manfaatdor shaxslarning foydalanishi maxsus vakolatli davlat organining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali ta’minlanadi.

Ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi, shuningdek axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishgava axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligini yoki mavjud emasligini, uning muayyan yosh toifasidagi bolalarga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazishga jalb etiladigan ekspertlarning reestrini yuritish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

21-modda. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish

Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror maxsus vakolatli davlat organi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida murojaat kelib tushganidan keyin ko‘pi bilan besh kun muddatda qabul qilinadi.

Axborot mahsulotining ekspertizasini o‘tkazish muddati murojaat kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.

Axborot mahsulotining ekspertizasi tugagach, ekspertlar axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga uch kun ichidaekspert xulosalarini yuboradi.

Maxsus vakolatli davlat organiekspert xulosasini olgandan so‘ng uch kun ichida uni murojaat tashabbuskoriga yuboradi.

Ekspert xulosasining shakli va mazmuniga doir talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

Ekspert xulosasi mavjud bo‘lgan axborot mahsulotining aylanish sohasi o‘zgargan taqdirda ushbu axborot mahsuloti uchun boshqa ekspert xulosasini olish talab etilmaydi.

22-modda. Yoshga oid tasnifning va axborot mahsuloti

ekspertizasining huquqiy oqibatlari

Axborot mahsulotining muayyan yosh toifasidagi bolalarga mosligi uchun javobgarlik axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirgan sub’yektning zimmasiga yuklatiladi.

Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspert xulosasiga muvofiq axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi hollarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatmalar yuboriladi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

23-modda. Nizolarni hal etish

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

24-modda. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi

axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

25-modda. Ushbu Qonunning ijrosini,

ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va

ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

26-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga

Muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

27-modda. Ushbu Qonunning kuchga Kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.Mirziyoev

Toshkent shahri,

2017 yil 8 sentyabr

№ O‘RQ–444

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: