Umumjamoa hisobida 4-o‘rin, medallarimiz 106 taga yetdi

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari qizg‘in pallaga kirdi.

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz a’zolari hozircha 21 oltin, 28 kumush va 57 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibmiz.

Turkmaniston terma jamoasi 79 ta oltin, 58 ta kumush, 69 ta bronza, jami 206 ta medal jamg‘arib ulgurdi va mezbonlar bu borada yakka peshqadam. Xitoy terma jamoasi 61 ta medal bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Chin yurti vakillari hisobida 23 ta oltin, 21 ta kumush, 17 ta bronza medali bor.

Kuchli uchlikka Eron terma jamoasi 22 ta oltin, 18 ta kumush, 49 ta bronza, jami 89 ta medal bilan yakun yasagan. Bizdan keyingi o‘rinlardagi Qozog‘istonda 22, Tailandda 18, Janubiy Koreyada 10ta oltin medali bor. Jami 34 ta davlat sportchilari kamida bitta bronza medalini naqd qilishgan.

Musobai’aning sambo bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida hamyurtimiz Sarbon Ernazarov mo‘g‘ulistonlik Tseden Rakxanjav, turkmanistonlik Muhammad Ko‘ssekov, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Bekmurod Meredovni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 90 kilogrammgacha vazn toifasida mahoratli polvonimiz Ne’mat Yoqubovga teng keladigani topilmadi.

Sambo bahslarida Rahmatjon Ahmedov kumush, Islomjon Azimov, Lutfilla Saydamatov, Istam Qudratov, Nodira Gulova, Gulnoza Ziyoeva o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov final bellashuvida eronlik Husain Chamazkoti Ilyosni 12:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 57 kilogrammgacha vazn toifasida Mahmudjon Shavkatov qozog‘istonlik Gabit Tolepboyni 6:2 hisobida yengdi. Shu tariqa Bekzod va Mahmudjon terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi.

ashxobod sport

Og‘ir atletika bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ivan Yefremov dast ko‘tarishda 190 kilogrammlik, siltab ko‘tarishda esa 221 kilogrammlik shtangani bo‘ysindirdi va yakunda umumhisobda 411 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Shuningdek Farhod Sobirov 391 kilogramm, Omadoy Otaqo‘ziyev 231 kilogramm natija bilan kumush medalni ko‘lga kiritdi. Yana bir og‘ir atletikachimiz Dolera Davronova bronza medal bilan taqdirlandi.

Yana o‘qing:  Biz sog‘lom bolalarmiz

Belbog‘li kurash bo‘yicha finalga qadar barcha raqiblari ustidan zafar quchgan Islomjon Qo‘ldoshev, Ilhomjon Mashrabov, Manzuroy Mo‘ydinova, Gulxumoroy Dadaboyeva, Dilafro‘z Mamajonova klassik yo‘nalishda kumush medal sohibiga aylandi. Fayzulla Ummatov, Abduqahhor Egamov o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.

Tennis bo‘yicha yakkaliklar o‘rtasida Farrux Do‘stov, aralash juftlikda Sanjar Fayziyev va Arina Fols terma jamoamiz hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi. 50 va 100 metrga batterflyay usulda suzgan Artem Kozlyuk marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, finalda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

N.NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: