Smartfonni masofadan zaryadlash tizimi ishlab chiqildi

Simsiz zaryadlash texnologiyasiga butun dunyoda talab katta, biroq barcha simsiz zaryad qurilmalari baribir smartfonlarning maxsus maydonga joylanishini ko‘zda tutadi. Pi startapi ostida birlashgan tadqiqotchilar guruhi mobil qurilmalarning 30 santimetr masofadan quvvatlanishini ta’minlovchi haqiqiy simsiz zaryadlash tizimini ishlab chiqdi. Startap saytida shunga doir ma’lumotlar taqdim etildi.

Simsiz zaryad qurilmasining tashqi ko‘rinishi nafis va ixchamdir. Foydalanuvchilar konusning atrofiga smartfon va planshetlarini qo‘yib, ularni zaryadlashlari mumkin bo‘ladi. Pi Charger’ning ta’sir doirasi — 30 santimetrdan oshmaydi. Innovatsion ishlanmaning ta’sir etish tamoyili zaryadlanayotgan ob’yektga yo‘naltirilgan nurni shakllantirish bilan rezonansli induksiya texnologiyasiga asoslangan.

Pi Charger atrofiga 4 tagacha qurilmani qo‘yib, ularni 10 Vt’gacha maksimal quvvat bilan zaryadlash mumkin. Shunday bo‘lsa-da, taqdimot marosimida 4 smartfon va 1 planshet zaryadlanishi namoyish qilindi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashlaricha, quvvat olayotgan qurilmalar 4 tadan ko‘p bo‘lishi mumkin, biroq bu zaryadlanish samaradorligi va uning tezligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Qi standartini qo‘llab-quvvatlovchi barcha mobil qurilmalar Pi Charger’ning imkoniyatlaridan foydalana oladi. Bunday qurilmalar orasida Samsung Galaxy S8/S8 Plus/Note 8, iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X smartfonlarini qayd etish mumkin. Qi texnologiyasi bo‘lmagan gadjetlar uchun maxsus g‘iloflar ko‘zda tutilgan.

Pi startapi CSAIL nomi bilan tanilgan Massachusets tenxnologiya va sun’iy intellekt institutining kompyuter bilimlari labaratoriyasi xodimlari tomonidan yaratilgan. Ta’kidlash joizki, kompaniya hozirga qadar 3,5 million dollar sarmoyaga ega bo‘lgan. Zaryadlash qurilmalari 2018 yilda bozorga chiqishi rejalashtirilmoqda. Ularning narxi 200 dollar atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Manba:Kun.uz

Yana o‘qing:  Xitoyda yangi kutubxona qurildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: