Yangi dastur

O‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltiradi

Xalq ta’limi vazirligi va O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedogogik-psixologik Respublika Tashxis markazi mutaxassislari tomonidan 9-sinfni tugatayotgan o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish yuzasidan yangi dastur ishlab chiqildi.

www.tashxis.uz saytiga joylashtirilgan yangi dasturda joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tugatayotgan 533ming 658 nafar bitiruvchilar haqida barcha ma’lumotlar kiritilgan. Jumladan, dasturda har bir maktab bitiruvchisi haqida ma’lumotlar, ularning qaysi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejda o‘qish istagi borligi haqida izohlar joylashtirilgan. Shuningdek, dastur orqali ota-onalar respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda ulardagi yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

O‘z navbatida bu tahliliy ma’lumotlar kelgusida yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotimizning real sektorlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Ushbu dastur 3 ta asosiy qismga bo‘lingan bo‘lib, keng jamoatchilik, maktablar va ona-onalar uchun mo‘ljallangan.

Shuni aytish joizki, bu yilgi ­9-sinf bitiruvchilaridan 51 ming 719 nafari (10.2 %) akademik litseylarda, 481 ming 939 nafari (89.7 %) kasb-hunar kollejlarida o‘qish istagini bildirgan.

Yana o‘qing:  So‘lim sihatgoh – tanni sog‘, dilni chog‘ etadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: