Gazli ichimliklardan OIV tarqalyaptimi?

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali shirin gazli ichimliklardan OIV (odam immun tanqisligi virusi) tarqalganligi haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlar qanchalik haqiqatga yaqinligini bilish maqsadida Respublika OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim boshlig‘i Mohigul MUSABEKOVAGA murojaat qildik:

Aslida OIV uch xil yo‘l bilan odamdan odamga yuqadi. Birinchisi qon orqali, ikkinchisi jinsiy aloqa va so‘nggisi onadan bolaga (jarohatlangan yo‘ldosh orqali, tug‘ruq vaqtida va ko‘krak suti) o‘tishi mumkin. Bu virusning oziq-ovqat mahsulotlari yoki havo orqali yuqish ehtimoli mavjud emas. Endi “OIVni yuqtirgan bemorning gazli ichimlikka o‘zining zararlangan qonini qo‘shib yuborgan”, degan “mish-mish”ga kelsak, bu haqiqatdan umuman yiroq. Chunki, har bir mahsulot ishlab chiqarish paytida soha mutaxassislari tomonidan turli tekshiruvlardan o‘tadi. Batafsil ma’lumot uchun soha mutaxassislariga murojaat etish mumkin.

Charos XUSHVAQTOVA yozib oldi.

Yana o‘qing:  Osiyo o‘yinlari qizg‘in pallaga kirdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: