Odam DNKsida miya qarishining genetik dasturi mavjud

Ushbu dastur insonning butun hayoti davomida miya rivojlanishini boshqarib turadi. Shu bilan birga, uning shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) bilan bog‘liqligi ham aniqlandi. Mutaxassislar shunday hisobot beradi: “Ushbu genetik dasturning kashf qilinishi inson xulq-atvorining qanday o‘zgarishi va uni miya kasalliklari qanchalik zararlashini o‘rganishda yangi yo‘l ochib berdi. Endilikda izlanishlar orqali miyaning qarish jarayonini o‘zgartiruvchi vositalarni ishlab chiqish mumkin”.

Olimlar qarish tana hayotiy funksiyasining to‘xtashiga olib keluvchi genlar tufayli sodir bo‘ladi, deb taxmin qilishmoqda. Agar ushbu genlar yig‘indisi noto‘g‘ri ishlay boshlasa, inson odatdagidan ko‘proq yashashi yoki aksincha, turli kasalliklarga, misol uchun shizofreniyaga uchrashi mumkin.

Hozir olimlar miya qarishining genetik dasturini boshqaruvchi elementni topish ustida ish olib bormoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ixcham ko‘rinishdagi bosh miya skaneri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: