Yangi preparat 1-turdagi diabetdan aziyat chekuvchilarga yordam beradi
Kolorado universiteti xodimlari o‘tkazgan klinik tadqiqotlar sotagliflozin preparati 1-turdagi diabet kasalligiga yo‘liqqan odamlarda glyukoza miqdorini boshqarishi va insulin (qorin osti bezida ishlab chiqariladigan va qonda qand moddasining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladigan gormon)ga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishini ko‘rsatdi.
Klinik tajribalarda 1402 nafar odam qatnashdi. Ordan 24 hafta o‘tgandan so‘ng yangi preparat orqali muolaja qilingan bemorlarning glyukoza nazoratida klinik va statistik o‘zgarishlar kuzatildi. Shuningdek, sotagliflozin dorisini qabul qilgan ishtirokchilarda arteriya bosimi hamda vazn sezilarlicha kamaygani ma’lum bo‘ldi. Olimlar yangi preparat insulin o‘rnini bosa olmasligini ta’kidlamoqda. Ushbu yordamchi dori faqat insulin yordamida glyukoza miqdorini nazorat qilishga qiynaluvchi bemorlarga mo‘ljallangan.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.