Sog‘lom turmush tarzi astma kasalligidan saqlaydi

Daniyalik tadqiqotchilar to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish astma (ayrim yurak va bronx kasalliklari tufayli vaqti-vaqti bilan yuz beradigan nafas qisishi) kasalligiga yo‘liqqan odamlar uchun yaxshi yordam berishini isbotladi.

Tadqiqotda astma kasalligiga chalingan 125 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularning bir qismi haftada uch marta yuqori tezlikdagi jismoniy mashqlarni bajarishdi va maxsus parhezda tutib turildi. Ba’zi ishtirokchilardan esa yo to‘g‘ri ovqatlanish yoki mashq bajarish so‘raldi. Qolgan ishtirokchilar nazoratdagi guruh tarkibiga kiritildi.

Sakkiz hafta o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri ovqatlangan va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan odamlarda astma alomatlari nazoratdagi guruh ishtirokchilariga qaraganda 50 foizga kamaygani ma’lum bo‘ldi. Faqatgina to‘g‘ri ovqatlangan yoki mashq bajargan odamlarda esa kasallik alomatlari 30 foizga kamaygan.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kichkintoyning kundalik taomnomasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: