Ochlik sochlarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi

Braziliyadagi kimyo instituti mutaxassislari ovqatdan tiyilish sochlarning tez va sog‘lom o‘sishiga yordam berishini aniqladi. Bu kemiruvchilarda o‘tkazilgan tajribalarda isbotlandi. Olimlar ikki guruhdagi sichqonlarni kuzatib bordi. Birinchi guruhdagi jonivorlar cheklangan tartibda, ikkinchi guruhdagilar esa normal tartibda ovqatlantirildi.

Standard miqdordan 40 foiz kam ovqat iste’mol qilgan sichqonlarda tuk qatlamining mustahkamligi oshgani va qon tomirlari soni uch barobar o‘sgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa teri yuzasida ko‘proq issiqlikni ushlab qolish imkonini berdi. Teri hujayralari moddalar almashinuvida o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatdi. Natijada, issiqlik holatidagi energiyaning yo‘qolishi qisqardi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, qayd etilgan o‘zgarish jonivorlarning yangi ovqatlanish tartibiga moslashuvi oqibatida sodir bo‘lgan. Tashqaridan qabul qilinadigan energiya kamaygan sharoitda sichqonlar tuk qatlamining mustahkamlashgani hisobiga issiqlikni yaxshiroq saqlab qolgan.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Astma (ziqqinafas) va allergiyaning yana bir sababi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: