Hamkorlik istiqbollari
Tashqi ishlar vazirligida Lester universiteti prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.
Buyuk Britaniyaning yetakchi oliygohlaridan biri hisoblangan Lester universitetining O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini mustahkamlash doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.
Sara Dikson 2017 yil 3 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan imzolangan JIDU qoshida Lester Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabini yaratish haqidagi hamkorlik Memorandumi haqida so‘zlab berdi. Ushbu hujjatda turli sohalarda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda, jumladan, Lester universiteti bilan O‘zbekistonning boshqa oliygohlari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.