Yurt taraqqiyoti tasvirlarda

Ular har kuni millionlab kishilarga mehr-oqibat, ezgu g‘oya va teran fikr, odamiylik ulashadi, desak, ayni haqiqat.

Yaqinda shahrimizning ravon va keng ko‘chalaridan biri chetida ilingan bannerga ko‘zim tushdi. Unda o‘tkir nigohli Sohibqiron Amir Temur kelajakka mag‘rur boqmoqda. Xalqimizning buyuk sarkardasi, millatimiz iftixori, davlat va jamoat arbobi bo‘lgan ulug‘ siymo timsolida shonli tariximiz, elimizning aqlu zakosi “mana man”, deb bo‘y ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, bannerda tasvirlangan tinchligimiz ramzi Mustaqillik monumentidagi ko‘kka parvoz etayotgan laylaklar ham aslida shu xalqning ezgu orzu-o‘ylari, kechinmalari mahsulidek ko‘rk berayotir. Musaffo osmon, beozor kabutarlar sayri esa millatimizning bag‘rikengligi, ahil-inoqligi, pokdil va bolajonligini tarannum etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu asar xalqimizning qudrati, insoniy fazilatlaridan so‘zlaydi.

Darhaqiqat, ushbu banner O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi jamoasi tomonidan tayyorlangan. Uyushma tomonidan yaratilgan Vatan taraqqiyoti, xalqimiz istiqbolini o‘zida jamlagan bunday tasviriy asarlar, mana, yigirma yildirki, yurtimiz, yurtdoshlarimiz hayotini ta’sirli aks ettirib kelmoqda.

Navqiron sana munosabati bilan “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uyushma Boshqaruvi raisi Isfandiyor LATIPOVni suhbatga chorladik.

– “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi faoliyati xalqimizning buyuk bunyodkorlik ishlarini ifodalovchi, ona Vatanga muhabbat va ma’naviy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalovchi bosh mezondir. Ushbu ijodiy uyushma bu yil qutlug‘ 20 yoshga to‘ldi. Uning bugunga qadar faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsangiz.

– “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasini mustaqillik mevasi deya olaman. Uning tashkil etilishi madaniy hayotimizda ulkan voqea edi. Istiqloldan avval bunday uyushma tuzilishini tasavvur ham qilolmasdik. Birinchi Prezidentimiz Islom ­Karimovning tashabbusi bilan 1997 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasiga bu yil 20 yil to‘ldi. Bugun mamlakatimizning istagan shahar va tumanlariga borsangiz ijodiy uyushmaning ishlarini ko‘rasiz. O‘zbekis­tonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar jarayonini keng ommaga ta’sirchan va jozibador shakllarda tasviriy vositalarda yetkazish, xalqning chinakam bunyodkorlik ishlarini, odamlar ongida, ruhiyatida, qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tasviriy vositalar orqali ko‘rsatib berish bosh maqsadimizdir. Dastlabki yillardagi mas’uliyatli mehnatlar evaziga ijodiy uyushma atrofida taniqli rassomlar, dizaynerlar, fotosuratchilar va boshqa ijod namoyandalari jips­lashib ushbu jamoat tashkilotiga tamal toshi qo‘yildi. Avvaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lsa, bugunga kelib tuman va shaharlarning 70 dan ortiq bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yana o‘qing:  Qobusnoma – qadimiy odobnoma

Uyushma bo‘limlari mahalliy hokimliklar buyurtmasi asosida shahar, tuman markazlari, gavjum joylarda O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik yo‘lida olib borayotgan yaratuvchilik ishlarini, mamlakatimizda yangilanish va islohotlar jarayonini namo­yish qiluvchi ijobiy o‘zgarishlarning asl ijodkori – zamondoshlarimiz siymosini yorqin aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etmoqda.

Bugungi kunda davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Yurtimizda ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda. Xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni saqlab qolish va uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu esa bizni tinimsiz izlanishga, tas­viriy yo‘nalishda yangidan yangi asarlar yaratishga undaydi.

– “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan yangi shakl va mazmunda xalqimizning mentaliteti va joylardagi zamondosh qahramonlarni aks ettirishda va yoshlar hayoti, ularga berilayotgan imkoniyatlar hamda ularning muammolari xususida qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

– Ko‘rgazmali vositalar (bannerlardagi shior, plakat, fotosurat), ta’bir joiz bo‘lsa, qorda ham, yomg‘irda ham har kuni 24 soat “ishlaydi”.

Tinchlik, osoyishtalik, diniy bag‘rikenglik va bunyodkorlik mohiyati tasvirlarda va turli tillardagi yozuvlarda “jaranglab turadi”. Shu tariqa, ular har kuni millionlab kishilarga mehr-oqibat, ezgu g‘oya va teran fikr, odamiylik ulashadi, desak, ayni haqiqat.

Har bir jarayonni aks ettiruvchi tasvir yoki shiorda ezgulikka undovchi ruh sezilib turishi lozim. Rasmlarda esa fidokorona mehnati, halolligi, vatanparvarligi, izlanuvchanligi va tashabbuskorligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan, davlatimiz unvonlari, orden hamda medallari bilan mukofotlangan zamondosh qahramonlarimiz siymosini muloqot holatida sharqona tasvirlarda aks ettirib, ijtimoiy, tasviriy targ‘ibot vositasining ta’sirchanligini yanada oshirib borish zarur.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olishimiz uchun katta imkoniyatlarni ishga solish fursati keldi. Bu o‘rinda yoshlar uchun “Tas­viriy oyina” ijodiy uyushmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Eng ulug‘, eng aziz”, “Ranglar jilosida – ona diyor madhi”, “Istiqlol farzandlari” mavzularidagi anjuman va tanlovlarining ahamiyati kattadir. Bu ishlarda shahar va qishloqlarimizdagi bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, namunaviy loyihadagi uy-joylar, ta’lim, fan va madaniyat, sport sohasidagi qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar, musiqa va san’at maktablarining faoliyati yildan-yilga o‘zining yuksak badiiy, tasviriy aksini topmoqda.

Yana o‘qing:  RAVSHAN ERMATOV – 2015 YILNING ENG YAXShI HAKAMI!

Bolalar uchun “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” nomli ko‘rik-tanlovda Konstitutsiya mavzusida insho, diktantlar yozilib, rasmlar chizildi. Eng ahamiyatli tomoni shundaki, butun mamlakatimiz bo‘ylab bir yilda 4 millionga yaqin o‘quvchilar ushbu ko‘rik-tanlovda ishtirok etmoqda.

Ijodiy uyushma tomonidan “Yoshlar – tayanchimiz, ishonchimiz va kelajagimiz” turkum plakatlari chiqarilgan bo‘lib, unda “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”, “Iste’dodli yoshlar O‘zbekistonni dunyoga tanitadi”, “Sog‘lom, ilmli va fidoyi farzandlari bo‘lgan xalq, albatta, o‘zining buyuk kelajagini barpo etadi” kabi shiorlar joy olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi majlisining 3-sonli bayonidagi “2016 yilda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, konfessiyalar va millatlar­aro totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar” Das­turining 23-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dunyo notinchligidan kelib chiqib “diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasini fosh etuvchi” ko‘chma fotoko‘rgazma faoliyatini yanada kuchaytirdi. Kamoliddin Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn instituti zalida “Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasini fosh etuvchi” ko‘chma fotoko‘rgazma namoyish etildi.

Ushbu ko‘rgazma mualliflari, talaba yoshlar o‘z asarlarida “Yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi”, “O‘zbekiston yoshlari tinchlik va osoyishtalik tarafdori”, “Biz tinchlikni qadrlaymiz”, “Diniy ekstremizmdan ogoh bo‘laylik!” kabi g‘oyalarni ochib bergan.

Keskin va tahlikali sharoitda ushbu fotoko‘rgazma ota-onalar, ustoz-murabbiylar, mahalla-ko‘y yoshlar tarbiyasi masalasida sezgirlik, hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishga xizmat qiladi. Chunki ikki ulug‘ ne’mat bo‘lgan tinchlik va xotirjamlikni asrash, diniy ekstremizm buzg‘unchi kuch, unga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi targ‘ib etildi. Ko‘chma fotoko‘rgazma Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ham keng yo‘lga qo‘yilgan.

– O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada rivojlantirish, mamlakat va jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada uyushma oldiga qo‘yilgan vazifalar nimalardan iborat?

– Ijodiy uyushmamiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, tas­viriy targ‘ibot ishlarini qat’iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik va mas’uliyat bilan tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratilayapti.

“Asosiy maqsad odamlarga barcha zarur qulayliklar yaratishdir”, “Barcha sa’yi harakatlarimiz zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassamdir”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezoni” deb Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev qayta-qayta ta’kidlagani bejiz emas. Uning zamirida “Elning dardi bilan kuysagina jon, o‘sha jon egasi haqiqiy inson” degan teran ma’no mujassamdir. Odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, dardiga darmon bo‘lish oliy baxt. Dono xalqimiz “Bir ko‘ngil imorati, ming Makka ziyorati” deb bejizga aytmaydi.

Yana o‘qing:  Mening armiyam – mening faxrim!

Tashqi tasviriy targ‘ibot ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek ezgu maqsadimizni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga singdirishning muhim tarbiyaviy vositasidir. Millatning orzu-maqsadlari to‘g‘risida uning reklamasiga qarab ­fikr yuritsa bo‘ladi.

O‘tgan yillarda amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlagan kishi bunga komil ishonch hosil qiladi. Xususan, 2017 yil ijodiy uyushmamiz tomonidan “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” nomli tasviriy-targ‘ibot vositalarida foydalanishga mo‘ljallangan “Tavsiyalar” qo‘llanmasi 35 ming nusxada chop etilib, yurtimizning barcha hududiga yetkazib berildi. Xalqimiz erishayotgan yutuqlar – yangi bunyodkorlik mazmuni hamda zamonaviy infrastruktura ob’yektlari, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari zamonamiz qahramonlari obrazi orqali keng targ‘ib qilindi. Bu jarayonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari ­Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, yutuq­larga mahliyo bo‘lib qolmasdan yuksak marralar sari intilishimiz zarur. Faoliyatimizga tanqidiy ko‘z bilan qarab, oldimizda turgan eng ustuvor vazifa – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda el farovonligini yanada yuksaltirishdek olijanob g‘oyani har bir yurtdoshimiz qalbiga tasviriy targ‘ibot vositalari orqali yetkazishimiz lozim.

Ta’kidlash kerakki, har qanday tasviriy targ‘ibot vositalaridagi ijtimoiy reklamalarning mafkurasi odamlarni muayyan g‘oyaga ishonchini mustahkamlash, xalqni uyushtirish va safarbar etish, ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish, g‘oyaviy tarbiyalash hamda immunitet hosil qilish kabi asosiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Uyushma ijodkorlari va dizaynerlari har bir matnning mazmun-mohiyatini chuqur anglab, o‘z ustida izlansa, ishga mas’uliyat bilan yondashsa, tabiiyki, tas­viriy targ‘ibot vositasi sahna asari yoki kinofilm singari ta’sirchan kuchga ega bo‘ladi, insonning ruhiyatini uyg‘otadigan, kayfiyatini ko‘taradigan, dilini ravshan torttirib, orzulariga qanot bo‘ladigan vositaga aylanadi.

Navro‘z NORBOBOYEV

suhbatlashdi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: