Mutaxassislar Alsgeymer kasalligining oldini olish yo‘lini topdi
Karolina universiteti olimlari bir qator tadqiqotlar o‘tkazdi. Ular Alsgeymer kasalligining rivojlanishini dastlabki bosqichda to‘xtatish yo‘lini topish maqsadida shu kasallik bilan bog‘liq turli omillarni o‘rganib chiqdi. Mutaxassislar oqsil va faol immunitet hujayralari miyaga qanday hujum qilishi va qanday qilib aqli zaiflikni yuzaga keltirishini kuzatib bordi, deb xabar beradi Deccan Chronicle nashri.
Hujayralar o‘sishini tekshirish davomida beta-amiloid oqsili immunitet qarshiligini yuzaga keltirishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa neyronlarning zararlanishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, aqli zaiflikni bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan preparat yaratildi. U aqli zaiflik riqojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oqsillar faoliyatini to‘xtatadi. Bu vosita hozir AQSHning qator shifoxonalarida sinovdan o‘tkazilyapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.