Bayram sovg‘alari ko‘ngillarni xushnud etdi
Andijon shahrining Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida jismoniy imkoniyati cheklangan 300 nafar fuqaroga Prezident sovg‘asi – nogironlik aravachalari topshirildi.
Andijon viloyatida bugungi kunda turli kasalliklar, jarohat va baxtsiz hodisalar oqibatida nogironlik nafaqasiga fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Masalan, joriy yilning o‘tgan davrida 2 ming 500 nafar keksa va nogiron yurtimizdagi turli sihatgohlarda dam olib, salomatligini tikladi. 300 nafar nogiron reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida imkoniyati cheklangan fuqarolarning bir guruhiga Prezident sovg‘asi – nogironlik aravachasi topshirilgani ular uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.