Toza suv – sog‘lom hayot manbai

Suvni xalqimiz obi hayot deya ulug‘laydi. Suv bor joyda hayot bor. U tufayli qora tuproq gulchechakka, mevali bog‘larga aylanadi. Momolarimiz farzandlariga «Tushingni suvga ayt» deya uqtiradilar. Suv dildan g‘uborlarni ketkazadi. Ruhiyatni va badanni poklaydi. Sharq falsafasida, jumladan, alloma al-Forobiy asarlarida ham borliqdagi to‘rtta unsur – tuproq, havo, suv va olov muqaddasligi ta’kidlanadi. Zero, suvni e’zozlamoq, kelajakni asramoq demakdir.

Ana shu ulug‘vor ishlarni amalga oshirish, avvalo qonun ijodkorligi ya’ni uning huquqiy asoslarini yaratish va ularning ijrosi bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Rajabovaga bu borada bir necha savollar bilan murojaat qildik.

– Suv – inson hayoti, salomatligi, bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ham xalqimiz suvni azal-azaldan muqaddas hisoblab, bulog‘u quduqlarni asrab-avaylashgan…

– Fikringizga qo‘shilaman. Kishi umri davomida o‘rtacha 75 tonna suv iste’mol qiladi. Katta yoshdagi kishi jismining 82 foizini, olti haftalik embrionning 97,5 foyizini, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ham organizmining asosiy qismini suv tashkil etadi. Katta yoshdagi kishi bir kecha-kunduzda 2,5 litr suv iste’mol qiladi, undan 1,2 litri ichimlik suviga to‘g‘ri keladi, 1 litri turli oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavotlar tarkibidagi suv orqali is’temol qilinadi, 0,3 litri organizmda modda almashinuvi jarayonida paydo bo‘ladi.

– Jahonda jumladan, mamlakatimizda ham suv zahiralari inson iste’moli uchun yetarlimi?

– Sayyoramizning 4 dan 3 qismi, aniqrog‘i, 79 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa ham, uning 6 foizigina chuchuk suv, uning ham 2 foizdan ortig‘i iste’mol uchun yaroqli, xolos. Yaroqli suvning ham 70 foizi tabiatda muz holatida uchraydi.

Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har 6 kishidan biri – toza ichimlik suvi taqchil hududlarda istiqomat qilmoqda. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, jamiki kasalliklarning 85 foizi bevosita suv bilan bog‘liq. Har yili dunyo bo‘yicha 25 million kishi aynan toza ichimlik suvi yetishmasligi oqibatida vafot etadi. Har soniyada bir bola asosan noqulay sanitariya sharoiti va ifloslangan suv tufayli paydo bo‘lgan kasallikdan vafot etayapti. Tahminlarga ko‘ra, 2015 yilga borib, dunyo aholisining 40 foizi ichimlik suvi muammosidan aziyat chekadi.

Yana o‘qing:  Panda bambuk yeydimi?

Suv zahirasi yil davomida bir kishiga 1700 kub metrdan kam bo‘lsa, suv tanqisligi o‘rta darajada deb hisoblanadi. 1000 kub metrdan kam bo‘lsa, suv tanqisligi yuqori darajaga yetgan bo‘ladi.

Respublikamizda bu ko‘rsatgich 1960 yilda 3670 kub metrni tashkil etgan. 2000 yilga kelib bu ko‘rsatgich 1960 kub metrga tushib qoldi. Hozirgi kunda bu o‘rtacha suv tanqisligi darajasidan sal yuqori. Lekin ichimlik suvi zahirasi 40 yilda qariyb ikki hissa kamaygan. 2025 yilga borib, bizda aholi 35 millionga yetishi kutilayapti. Suv esa ko‘paymasligi aniq. Faqat shu narsaning o‘zigina suvni e’zozlash, uni tejash, unga munosabatimizni tubdan o‘zgartishni talab etadi.

– Mustaqillikning dastlabki yillari, aniqrog‘i, 1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligi milliy qonunchilikning bu sohaga bo‘lgan e’tiborini bildiradi.

– Qonunda suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boyligi ekanligi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan muhofaza etilishi alohida ta’kidlangan. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suv zahiralariga yetkaziladigan zararli ta’sirning oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv ob’yektlarining holatini yaxshilash, shuningdek, suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Qonunning 99-moddasida: korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning ishlab chiqarish chiqindilari, maishiy va boshqa xil chiqindilarni suv ob’yektlariga tashlash, suvlarni o‘g‘itlar, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zararli moddalar bilan ifloslash ta’qiqlanganligi belgilab qo‘yilgan.

Qonunda qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ammo, eng asosiysi, har bir inson o‘z burchini unutmasligi kerak. Zero, biz kundalik faoliyatimizda ishlatiladigan is’temolga yaroqli va toza suv ham, ekin maydonlarini sug‘orish uchun sarflanadigan suv ham bir manbadan, ya’ni chuchuk suv zahirasidan olishini doimo har bir kishi e’tiborda tutishi va uni avaylashi lozim.

– O‘zbekiston jahonda Orolni himoya qilish bo‘yicha eng tashabbuskor mamlakat sifatida faoliyat olib bormoqda.

– Darhaqiqat, Orolning qurishi — Markaziy Osiyodagi juda katta ekologik fojia. Chunki, Amudaryo va Sirdaryoning suvi Orolga yetib bormayapti, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va aholini ichimlik suvi bila ta’minlash o‘ta dolzarb va murakkab muammo bo‘lib turibdi. Shuningdek, Orolning qurishi oqibatida havoga tuz ko‘tarilib, Orolbo‘yi, hattoki, unga yaqin hududlardagi ekin maydonlari ustini ham tuz qoplayapti. Shuning uchun ham O‘zbekiston jahonda Orolni himoya qilish bo‘yicha eng tashabbuskor mamlakat sifatida tilga olinadi.

Yana o‘qing:  Obodlik ozodalikdan boshlanadi

Zero, O‘zbekiston tabiatini, boy tabiiy resurslarini asrab-avaylash ulardan hozirgi va kelgusi avlodlar manfaatlari yo‘lida oqilona foydalanilishini ta’minlash, ekologik xavfsizlikni, ayniqsa millat sog‘lig‘ini asrash va genofondini sog‘lomlashtirish, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash kabi maqsad va vazifalar bilan uyg‘undir

Suhbatdosh: Javlon SA’DULLAYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: