Toshkent metrosida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda
Toshkent metrosida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu loyiha «Mikroelektronika Plyus» mahalliy korxonasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Loyiha 2 yil davomida dunyoning rivojlangan shaharlarining transport tizimlari o‘rganib chiqildi va mahalliy injener va dasturchilar tomonidan milliy yechim ishlab chiqildi.
Loyihaning dastlabki bosqichida Mustaqqillik maydoni metro bekati test sinovlari tariqasida maxsus turniket va bir martalik chipta sotuvchi avtomatlar bilan jihozlandi.
Sinov natijalari va aholining takliflari asosida tizim yanada takomillashtiriladi va metroning barcha bekatlari to‘liq tizimga ulanadi.
Tizim to‘liq joriy etilgandan so‘ng yo‘lkira haqini to‘lashning bir necha qulay usullari amaliyotga joriy etiladi.