Oq yo‘l, talaba sportchilar

Mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor kuchayib borayotganligi bejiz emas, albatta. Respublikamizda maktab va kollej o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida ananaviy «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport o‘yinlarining o‘tkazib kelinayotganligi ham fikrimizning yorqin dalilidir. Bu yil «Universiada — 2013» sport musobaqalarining final bosqichiga Buxoro viloyati mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.

Mazkur bellashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rgan navoiylik talaba yoshlar ham sovrinli o‘rinlarni maqsad qilib, 4 iyun kuni «Navoiy» temir yo‘l vokzalidan Buxoro shahri tomon yo‘lga chiqdilar.

3 iyun kuni esa Navoiy shahridagi «Gulshan» to‘yxonasida sportchi talabalarimizni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan Navoiy shahar hokimi Bahodir Jo‘rayev musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

– «Universiada» mamlakatimiz miqyosidagi yirik sport musobaqalaridan biri desam yanglishmayman. Buxorolik do‘stlarimiz bu tadbirga katta tayyorgarlik bilan mehmonlarni kutmoqda. Qisqa vaqt ichida xalqaro talablarga javob beradigan sport maydonlari, majmualar qurildi, mukammal ta’mirlandi. Albatta, har bir talaba qalbida sovrindor bo‘lish umidi mujassam. O‘ylaymizki, talaba yoshlar ishonchimizni oqlab, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib qaytadilar, – deydi NDPI rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Xolboy Ibraimov.

Abdumutal NORBOYEV,

Navoiy shahri

Yana o‘qing:  JAMFARMA FAOLIYATIDAN (2013-23)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: