Piyoda yurish kayfiyatni yaxshilaydi

Olimlar fikricha, kayfiyatni yaxshilash uchun bir necha daqiqa sayr qilish kifoya ekan. O‘tkazilgan uchta tadqiqotda tekshiruv maqsadidan bexabar bo‘lgan yuzlab talabalar ishtirok etdi.

Birinchi va ikkinchi tadqiqot qatnashchilari 12 daqiqa davomida boshqa odamlar bilan talabalar shaharchasi bo‘ylab sayr qildi yoki universitet binosi bo‘ylab yolg‘iz o‘zlari yurdi. Ularning kayfiyati yaxshilangani ma’lum bo‘ldi.

Uchinchi tadqiqotda talabalar 10 daqiqa davomida galereya haqidagi videoni ko‘rishdi. Birinchi guruhdagilar o‘tirib, ikkinchisi turgan holda, uchinchi guruh esa yugurish gilamchasida yurgan holda tomosha qildi. Tadqiqotchilar uchinchi guruh ishtirokchilarida boshqalarga nisbatan kayfiyat ko‘tarinki bo‘lganini aniqladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Mustaqil fikrlash: unga MTMda bolani qanday o‘rgatiladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: