Bolalarga odob-axloqni o‘rgatishda qanday kitoblar yaxshi foyda beradi?
Toronto universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijasiga ko‘ra, bolalar bosh qahramonlari odamlardan iborat bo‘lgan kitoblardan yaxshiroq saboq oladi. 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar odamlar haqidagi hikoyalarni tinglashganidan so‘ng ularni boshqalar bilan ko‘proq o‘rtoqlashgani aniqlandi.
Tadqiqot davomida bolalarga hikoyalar o‘qib berildi. Hikoyalarning qahramonlari odamlar yoki odamga o‘xshab gapiruvchi hayvonlar edi. Mutaxassislar mutolaadan so‘ng bolalarning boshqalarga yaxshilik qilishga moyillik darajasini baholadi va bolalar odamlar haqidagi hikoyalardan ko‘proq ijobiy xulosalar chiqargani ma’lum bo‘ldi.
Bolalarning ko‘pchiligi hayvonlarda insoniy fazilatlar yetishmasligini aytishdi. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, bolalar o‘zini hikoyalardagi odamlarga o‘xshash hayvonlarga tenglashtirmadi. Shuning uchun ularni tinglaganidan so‘ng bolalarda o‘zgalarga yaxshilik qilish istagi kuchaymadi. Mutaxassislar fikricha, real qahramonlar qatnashgan kitoblar bolalarga odob-axloqni o‘rgatishda samarali foyda beradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.